date

Labo yukxonasidan minglab pirotexnika yashirilgani aniqlandi

Labo yukxonasidan minglab pirotexnika yashirilgani aniqlandi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida yirik miqdordagi pirotexnika vositalari aniqlandi. Bu haqda Bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Qo‘shni davlatdan kirib kelayotgan fuqaro boshqaruvidagi Labo rusumli avtomobil belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida avtomashina yukxonasida maxsus yasalgan yashirin qism mavjudligi aniqlangan.

Yashirin joydan xorijda ishlab chiqarilgan 2 turdagi, jami 26 556 dona pirotexnika vositalari topilgan. Ularning umumiy bozor qiymati 62 million so‘mga teng ekani qayd etildi.

Bojxona nazoratidan yashirilgan ushbu mahsulotlar noqonuniy olib kirilayotganligi sababli tegishli tartibda ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Rasmiylar bunday holatlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Labo yukxonasidan minglab pirotexnika yashirilgani aniqlandi