
Eron poytaxti Tehron shahrida havoning keskin ifloslanishi tufayli 24–25-noyabr kunlari barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalari faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda mahalliy rasmiylar ma’lumot berdi.
Qaror aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida qabul qilingan. Havo sifatini nazorat qilish tashkiloti bergan ma’lumotga ko‘ra, 2025-yil boshidan beri Tehronda atigi 6 kun davomida toza havo kuzatilgan.
Mutaxassislar fuqarolarga zarurat bo‘lmasa ochiq havoga chiqmaslikni, himoya niqoblaridan foydalanishni va ehtiyot choralariga amal qilishni tavsiya qilmoqda.

IQAir xalqaro platformasiga ko‘ra, ayni damda Tehron shahri havo ifloslanishi bo‘yicha dunyodagi poytaxtlar va yirik shaharlar ichida 10-o‘rinni egallamoqda.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahri esa ushbu reytingda 8-o‘rinda qayd etilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.