
Turk seriallari orqali tomoshabinlar qalbidan joy olgan aktrisa va model Hande Erchel 32 yoshni qarshi oldi. U 1993-yil 24-noyabrda tug‘ilgan bo‘lib, bugungi kunda Turkiyaning eng mashhur aktrisalaridan biri hisoblanadi.
Hande Erchel hozirda Istanbuldagi Mimar Sinan Tasviriy San’at Universitetida an’anaviy turk san’ati bo‘yicha tahsil olmoqda. U 2012-yilda Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan go‘zallik tanlovida ikkinchi o‘rinni egallagan.
Aktrisaning ommalashuviga sabab bo‘lgan rollardan biri — Kanal D telekanalida efirga uzatilgan “Guneshin Kizları” serialidagi Selin Yılmaz obrazi bo‘ldi. U 2016-yilda “Ashk Laftan Anlamaz” serialida Hayat Uzun roli orqali ekranga yana qaytdi.
Hande Erchel ijodini model sifatida ham davom ettirib, ko‘plab reklama loyihalari va brendlar bilan hamkorlik qilgan. Bugungi kunda u millionlab muxlislar mehriga sazovor bo‘lgan aktyorlik faoliyatini davom ettirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.