«Google» kompaniyasi o‘z «Android» amaliy tizimi va «Google Play» ilovalar do‘koni imkoniyatlarini yaxshilash yo‘lida doimiy izlanishda, yaqinda joriy etilgan funksiya ham android-smartfonlar sohiblarini quvontirishi aniq. U foydalanuvchini uning smartfoni xotirasida qancha bo‘sh joy qolgani haqida ogoh etadi, deb xabar berdi «Xabar.uz».
Ilgarilari «Google Play»dan ilova yoki o‘yinlar ko‘chirib olish chog‘i ko‘pincha qurilma xotirasida bo‘sh joy yetishmasligi noxush vaziyatga sabab bo‘lardi. Smartfonda bo‘sh joy ochish uchun aksariyat vaziyatlarda sozlamalar bo‘limiga kirish, keraksiz ilovalarni o‘chirib tashlash zarur bo‘lardi. Yangi funksiya ana shu boshog‘riqlarga qarshi eng yaxshi chora sanaladi.
Endi «Google Play» yangilamalar bo‘limida xotirada joy kamligi haqida ogohlantiruvchi yorliq bor. Bu tugma bosilsa foydalanuvchining dasturlari ro‘yxati paydo bo‘ladi, ular kerakliligi bo‘yicha saralanadi, ya’ni eng ko‘p ishlatiladiganlari yuqorida, kam yoki umuman ishlatilmayotganlari quyida aks etadi. Ularning qaysi birini qoldirish yoki o‘chirib yuborish foydalanuvchining o‘z ixtiyorida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?