18:21 / 09.08.2020
2 717

Antiseptik vositalarning ko‘pchilik bilmagan foydali jihatlari

Antiseptik vositalarning ko‘pchilik bilmagan foydali jihatlari
Foto: Getty Images
Antiseptik mahsulotlar ixcham, foydalanishda qulay, terini tashqi bakteriyalarda himoyalovchi, tozalik va soflik hissini beruvchi vosita hisoblanadi. Ular gigiyenik sovunlarga qaraganda ancha samarali bo‘lib, 99% gacha bakteriya va viruslarni o‘ldiradi.

Mahsulotning afzalliklari aniq. Biroq antiseptiklarning xavfli tomonlari mutaxassislarni shubhaga solmoqda. Ularning fikriga ko‘ra, antiseptik eritmalarning muntazam ravishda teriga ta’sir qilishi terining tabiiy himoyasini yo‘q qiladi. Shuningdek, spirtsiz antiseptiklarni ham xavfsiz, deb bo‘lmaydi. Ayrim qo‘shimcha moddalar, masalan, atirlar allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin.

Shu bilan birga, gigiyena vositasi sifatida qo‘llanilayotgan mahsulotning boshqa foydali tomonlari ham mavjud. Masalan, yaroqlilik muddati eskirgan antiseptik vositalardan foydalanish mumkin emas. Lekin ularni tashlab ham bo‘lmaydi. Yaxshisi, ularni boshqa maqsadlarda ishlatgan afzal.

Foto: Getty Images
  • - Smartfon ekraniga bir tomchi antiseptik gel quyilib, yumshoq mato bilan artiladi. Shu tarzda ekrandagi kichik tirnalishlar, kirlar, barmoq izlaridan xalos bo‘lish mumkin. Tadqiqotlarga qaraganda, telefon ekranida 10-50 milliongacha bakteriyalar yashaydi va ular orqali turli kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
  • - Optik asboblar, tibbiy yoki quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklarni antiseptik vosita bilan tozalagan ma’qul. Vosita ularning yuzasidan kosmetik dog‘lar, soch laki tomchilarini ketkazadi.
  • - Husnbuzar chiqdimi? Aynan bugun do‘stlar bilan uchrashuv bor. Yaroqlilik muddati o‘tmagan antiseptik gel bilan yuz artiladi. Mahsulot terini quritadi va muammodan tezroq xalos etadi.
  • - Antiseptik gel yoki salfetka yordamida mebel, devor va kiyimlardagi dog‘larni darrov ketkazish mumkin. Har ehtimolga qarshi, avval kichikroq hududda sinab ko‘rish kerak.
  • - Uy ta’mirlangandan so‘ng teri yuzasi hamda mebellardagi bo‘yoq rangini antiseptik mahsulot yordamida tozalash mumkin.
  • - Ushbu vosita yelim qoldig‘ini eritishga ham yordam beradi. Bunday holda turli ko‘rinishdagi antiseptiklarni ishlatish mumkin.
  • - Eng ajoyibi, antiseptik suyuqlik va gellar chivin chaqqandan so‘ng qichishishning oldini olishda samarali vosita.
  • - Agar antiseptik vositalar idishlari yig‘ilib qolgan bo‘lsa, uni oyna va shisha uchun ishlating. Qishda derazalar muzlab qolmaydi.
  • - Yangi yil uchun archa bezatilayotganda qo‘lda qolgan qatron dog‘ini ketkazish qiyinchilik tug‘diradi. Shu zahoti antiseptik vosita yordamga keladi.
  • - Kiyim va boshqa matolardan yog‘li dog‘larni ketkazish uchun antiseptik vosita eng yaxshi usul.
  • - Stol ustidagi yog‘ dog‘lari hamda barmoq izlari ham antiseptik vositada artilsa, ular yanada yaxshi tovlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Antiseptik vositalarning ko‘pchilik bilmagan foydali jihatlari