Foto: Pinterest
Surunkali charchoq nimadan kelib chiqadi va bunga buyrak usti bezlarining qanday aloqasi bor? Endokrinolog Yelena Pshinnik quyida ushbu savolga javob berdi, deb yozadi Marie Claire.
«Men kasallik tarixini yozmayman. Aksincha salomatlik tarixini yozaman, — deydi endokrinolog Yelena Borisovna Pshinnik o‘z faoliyati haqida.
— Surunkali charchoq bugungi kunda odamlar endokrinologga murojaat qiladigan birinchi raqamli muammodir. Ertalabdan kuch yetishmovchiligi holati darhol paydo bo‘lib qolmaydi. Bu holat ba’zan o‘sha daqiqadan besh yil oldin shakllana boshlaydi.
Ishga kirgan qizni tasavvur qiling: unga hammasi yoqadi, qiziqadi va uddalaydi. U kuniga 24 soat — bayram va dam olish kunlarisiz ishlaydi, hatto ta’tilda ham telefon orqali faoliyat yuritadi. Natijada nima yuz beradi? Birinchidan, kortizol (tetiklik va energiya gormoni) yuqori darajada ajralib chiqadi, qizning esa juda yaxshi ishlayotganiga guvoh bo‘lish mumkin va u juda malakali menejer hisoblanadi. Ammo bunday kortizol faoliyati organizmdagi umuman optimistik bo‘lmagan boshqa jarayonlarni, shu jumladan oksidlovchi stressni keltirib chiqaradi.
Bunda erkin radikallar miqdori antioksidantlarnikidan oshib ketadi. Vaziyat noto‘g‘ri ovqatlanish, chekish, uyqusizlik bilan jiddiylashadi. Bora-bora kortizol tugaydi va agar avval energiya kechqurun soat beshdan keyin kamaygan bo‘lsa, endi ular o‘n ikkidan keyin g‘oyib bo‘ladi. Shunday qilib uyqusizlik boshlanadi, miyada aylanayotgan fikrlardan qochib qutulib bo‘lmaydi va kechasi uyg‘onib ketish odatiy holga aylanadi.
Ammo ushbu muammodan yashirinmaslik, balki bularning barchasini hal qilish va hayot sifatini tubdan o‘zgartirish mumkinligini tushunish lozim. Asosiysi, shifokorga o‘z vaqtida murojaat etishdir. Kursni muvaffaqiyatli tugatgan bemorlardan biri shunday deydi: «Men turmush o‘rtog‘imni telba, bolalarni ham undan qolishmaydi, deb o‘ylardim. Ammo muammo menda ekanligi ma’lum bo‘ldi».
Endokrinolog sifatida men bemorlarni davolamayman, balki yo‘qolgan resurslarni tiklayman. Bugun kunda hammamiz resurslar bilan yashamaymiz, chunki ularni sarflanib bo‘lgan.
Mendan tez-tez so‘rashadigan narsa — ona va buvilarimiz haqiqatan ham boshqacha holatda ekanligi haqida. Ushbu savolga albatta, deb javob beraman.
Buning sababi zamonaviy odamlar o‘zlarini yangiliklar bilan ko‘mib tashlagan. Bugungi kundagidek ma’lumotga ega bo‘lmaganligi sababli ular menopauzani hech bo‘lmaganda buyrak usti bezlari ishlagan holda boshdan o‘tkazgan va bu mazkur davrni yengilroq o‘tishiga yordam bergan.
Surunkali charchoq va buyrak usti bezlar orasidagi aloqa uzviy emas, ammo professional bo‘lmaganlar uchun tushunarsiz bo‘lishi aniq. Sodda qilib aytganda, qabul qilinayotgan ma’lumotlarning ko‘pligi bilan bevosita miya tomonidan boshqariladigan buyrak usti bezlarining gormonini tugatishga erishamiz. Miyada (gipotalamusda), turli manbalarga ko‘ra, insonning psixo-emotsional holati uchun javob beradigan gormon bo‘lgan dofamin ishlab chiqaradigan 8 dan 15 minggacha hujayralar mavjud. Dofamin juda oz, shuning uchun uni asrash kerak.
Biz nima qilamiz? Telefonsiz hatto besh daqiqani ham xotiram o‘tkaza olmaymiz. Yangi narsalarni ko‘rishimiz bilan so‘nggi dofamin chiqarildi. Natijada miya buyrak usti bezlariga kortizol haqida signal beradi, toki yangiliklar lentasini tomosha qilar ekanmiz, nazoratsiz kortizol butun organizmni aylanib chiqadi. Hamma kortizol chiqarib tashlangandan keyin, biz qaysi energiya zaxirasi hisobiga yashaymiz? Tugagan kortizolni tiklash uchun ba’zan yillar kerak bo‘ladi. Shuning uchun ma’lumot oqimini dozalash va filtrlash, to‘g‘ri dam olish va sifatli uyquni rejalashtirish juda muhimdir. Yotishdan ikki soat oldin gadjetlardan foydalanmaslik va mutolaa uchun gazeta va kitoblarga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Uyquga yotishdan oldin nima qilmaslik haqida yana bir kichik qo‘shimcha. Agar bir kechada sifatli dam olishni va tiklanishni istasangiz, kechqurun mashq qilmang. Og‘ir jismoniy mashqlardan saqlaning. Bu juda zararli, faqatgina 35-40 yoshgacha ruxsat etiladi. Erkaklar uchun jismoniy mashg‘ulot 18:00 dan oldin tugashi kerak. Bu vaqtdan keyin faqat toza havoda yurish yoki suzish mumkin. Xuddi shu narsa ayollar uchun ham amal qiladi. Aks holda, oxirgi kortizol fitnes jarayonida tugaydi.
Bemor doimiy charchoq va holsizlikdan shikoyat qilganda, tabiiyki, qiladigan birinchi ishim uni tahlilga buyurishdir. Natijalarga asoslanib, davolash oylari sonini va boshlang‘ich dozani hisoblayman. Terapiya gormonal fon holatiga qarab belgilanadi.
Surunkali charchoq sindromi bilan og‘riganlarda odatda qanday vitaminlar yetishmaydi? Asosan, bu terining, immunitetning va birinchi navbatda, ichaklarning holati uchun mas’ul bo‘lgan D vitamini yetishmovchiligidir. B vitaminlari — ularsiz dofamin va serotonin sintezini zararsizlantirish, hujayralarni o‘smalardan himoya qilish mumkin emas. Ularsiz hech narsa bo‘lmaydi.
Askorbin kislotani tonnalab iste’mol qilish kerak emas, chunki bu faqat oksidlovchi stressni oshiradi. Xuddi shu narsa Omega uchun ham amal qiladi.
Ayniqsa, yozda pigmentatsiya ko‘paytirishni xohlamasangiz, uni nazoratsiz qabul qilmaslik kerakligini tasdiqlovchi juda nufuzli tadqiqotlar mavjud. Shuningdek, zamonaviy odamning, ayniqsa shahar aholisining katta muammosi magniy yetishmasligidir». “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi