Foto: «wday.ru«
«Doktor, butun tanam yonyapti». Bemorlar harorat ko‘tarilganda shifokorlarga shunday so‘zlar bilan shikoyat qiladi. Termometr ko‘rsatkichi pasaygani bilan bemorni issiqlik hovuri tark etmaydi. Tomoq og‘rig‘i, shamollash va grippdan tashqari baland isitma yana nimalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin?
Ushbu holatning bir nechta sabablari bor:
Vegetativ qon-tomir distoniyasi — tanada isitmaning tez-tez qaytarilishining eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Analiz va chuqur tibbiy tahlillardan so‘ng oxirgi tashxisni shifokor belgilaydi. Odatda bunday hollarda odamda qon bosimining ortishi, yurak sanchishi va shu sohada og‘riq, sudurgi, kayfiyatning keskin o‘zgarishi va qo‘l-oyoq barmoqlarining sovuq qotishi kabi simptomlar birgalikda kuzatiladi. Bundan tashqari, vestibulyar harakat faoliyati to‘xtaydi, bosh aylanishi sodir bo‘ladi. O‘zini yomon his qilishning oldini olish uchun to‘g‘ri ovqatlanish, toza havoda sayr va kun tartibiga rioya qilish talab etiladi.
Ba’zi ayollar hayz paytida tanada haroratni sezishadi. Hayz boshlanishida ayolning tanasida yuzaga keladigan gormonal o‘zgarishlar, qorinning pastki qismida yengil og‘riqlar, bosh aylanishi va toshqindek tuyiladigan tanadagi issiqlik to‘lqinlari ham bunga sabab bo‘lishi mumkin. Bu hayz oldi sindromi ayollarda tez-tez uchraydi va ko‘p hollarda jiddiy kasallikdan ishora emas.
Nima uchun yoshi katta ayollarda harorat ko‘tariladi? Ehtimol, bu keskin gormonal o‘zgarishlar yuz beradigan klimaks davri bilan bog‘liqdir. Shuningdek, bunga yuz va tananing qizarishi, yurakning tez-tez urishi kabi simptomlar ham qo‘shiladi. Ochiq havoda sayr, sog‘lom ovqatlanish, gormonlarni almashtirish terapiyasi hamda antidepressantlar ushbu vaqtinchalik davom etuvchi davrdan o‘tib olishga yordam beradi.
Qon bosimi yuqori bo‘lgan(gipertonik) bemorlarning harorati ba’zan uyqu paytida balandlaydi. Chunki qon bosimining oshishi asosan kechasi sodir bo‘ladi. Bemorning yuzi qizarib ketadi, terlash kuchayadi, yurak sanchishi ham mumkin.
Ko‘pgina kasalliklarning nazariyasiga qaramay, isitmaning eng keng tarqalgan sababi — oddiy stressdir. Hayajon, g‘azab, qo‘rquv — umuman, har qanday tuyg‘u natijasida odam terlashi va asabiylashishi mumkin.
Tanadagi isitma belgilarining uzoq muddat mobaynida namoyon bo‘lishi bilan siz shifokor bilan maslahatlashingiz kerak. Sog‘ bo‘ling!
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?