09:41 / 06.03.2024
234

Foydadan ko‘ra zarari ko‘p bo‘lgan 5 xil sog‘lom turmush tarzi

Foydadan ko‘ra zarari ko‘p bo‘lgan 5 xil sog‘lom turmush tarzi
XXI asr olimlari ogohlantiradi: sog‘lom turmush tarzining barcha turi ham organizm uchun foydali emas, chunki tibbiyot va texnologiyalar rivojlangani sari eski nazariyalar aslida xato bo‘lgani aniqlanib kelmoqda. Masalan, avvallari ayollar sog‘lom bo‘lishi uchun sirka ichish, quyoshda ko‘p toblanish tavsiya etilgan. Bunday odatlar hozirda zararli ekanligi barchaga ayon. Quyida eskirgan va aslida foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradigan sog‘lom turmush tarzining bir necha turlari haqida ma’lumot beramiz.

Nonushtaga suli yormasi iste’mol qilish

Foto: Getty Images
Quritilgan meva va yong‘oqlar bilan aralashgan suli yormasi bo‘tqasi, albatta, foydalidir, ammo uni haftasiga 2 martadan ortiq yeyish tavsiya etilmaydi. Chunki suli tarkibida kalsiy moddasini o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiluvchi fitat moddasi mavjud. Bunday taom yoshi 40 dan oshgan insonlar uchun, ayniqsa, zararli bo‘lib, bu yoshda muhim mikroelemetlar, jumladan, kalsiy ham yaxshi so‘rilmaydi.

Yugurish marafoni

Foto: Sparklogic
Shubhasiz, yugurish yurak faoliyati uchun ajoyib mashqdir, ammo u boshqa jismoniy harakatlar bilan birga bajarilishi lozim. Pensilvaniya kardiologlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, kamharakat turmush tarzini olib borgan, lekin muntazam ravishda uzoq masofalarga yugurgan odamlar doimiy yengil sport bilan shug‘ullanadiganlarga qaraganda qisqaroq umr ko‘rishgan. Yugurish foydali bo‘lishi uchun juda tez yoki uzoqqa yugurmang va boshqa jismoniy mashqlar ham bajarib turing.

Yangi uzilgan xom sabzavotlar

Foto: Mykaleidoscope
Sabzavotlarning foydasi haqida eshitmagan odam bo‘lmasa kerak. Shunga qaramay, yangi va pishirilmagan sabzavotlardagi kletchatka hazm qilish tizimiga salbiy ta’sir etib, qabziyat, meteorizm, qorin dam bo‘lishini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, ko‘pchilik vitamin va mikroelementlar aynan termik ishlov berilgandan — pishgandan so‘ng organizmda yaxshiroq so‘riladi. Shu sababli xom emas, balki suvda yoki parda pishgan sabzavotlar eng foydalisidir.

Shirinliklardan to‘liq voz kechish

Foto: Pinterest
Umuman shirinlik iste’mol qilinmasa, tana baquvvat va energiyaga to‘la bo‘ladi, deb o‘ylasangiz, adashasiz. Olimlar shakarning qon tomirlari, yurak va endokrin tizimi salomatligiga salbiy ta’siri ushbu mahsulot miqdori bilan bog‘liq, degan xulosaga kelishgan. Me’yorida yeyilgan shakar tana va bosh miya uchun energiya manbai, uning miqdori ortishi esa kasallik sababi bo‘lib xizmat qiladi. Demak, me’yorda shirinlik iste’mol qilib turish lozim.

O‘simlik suti

Foto: Dzen
Agar sizda laktozani o‘zlashtira olmaslik kasalligi bo‘lmasa, odatiy sut mahsulotlarini o‘simlik sutiga almashtirish tavsiya etilmaydi. Sut mahsulotlaridan voz kechish foydali yog‘lar va kalsiy yetishmasligiga olib keladi. O‘simlik sutining aksariyati (masalan soya suti) turli fitoestrogenlarni o‘zida saqlaydi. Bu gormon xavfli o‘simtalar rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Foydadan ko‘ra zarari ko‘p bo‘lgan 5 xil sog‘lom turmush tarzi