Foto: Shutterstock
Halqum, bo‘g‘iz yoki traxeya shilliq qavatida yallig‘lanish va shish — tomoqda og‘riq paydo bo‘lishining asosiy sababchisi. Shilliq qavat va bodomsimon bez hajmi kattalashgani sababli yutinishda muammolar va og‘riqlar paydo bo‘ladi. Asab retseptorlari qo‘zg‘alishi esa terlash hissi va boshqa noqulayliklar tug‘diradi.
Quyida tomoq og‘rig‘i sabablari va uni yengillashtirish bo‘yicha tavsiyalar bilan bo‘lishamiz.
Nima uchun tomoqda og‘riq paydo bo‘ladi?
Ko‘pincha tomoqdagi og‘riqlar odatiy O‘RVI sababli vujudga keladi. Ushbu kasallik burun oqishi, tana haroratining ko‘tarilishi va umumiy zaiflik bilan ham namoyon bo‘ladi. Shuningdek, tomoq og‘rig‘iga sabab:
- angina — bodomsimon bezlar yallig‘lanishida;
- paratonzillit — anginaning kuchaygan shakli, u bosh og‘rig‘i, baland harorat, va quloq og‘rig‘i bilan birga keladi;
- faringit — halqum shilliq pardasining yallig‘lanishi bilan kechadigan bakterial kasallikda tomoq quruqlashadi va xirillash paydo bo‘ladi, ba’zan quloqlar bitib qoladi;
- laringit — hiqildoq shilliq qavatlarining yallig‘lanishi. Odatda, shamollashlar yoki qizamiq, skarlatina, ko‘kyo‘tal kabi infeksion kasalliklar bilan bog‘liq bo‘ladi;
- tomoqqa yot jismlar kirib qolishi;
- tomoqqa yot jismlar kirib qolishi;
- qizilo‘ngachda yallig‘lanish, kuyish yoki jarohat olish;
- qizilo‘ngach saratoni;
- turli iforlar, kimyoviy moddalar, hayvonlar yoki dori vositalariga allergik reaksiya;
- oshqozon-ichak tizimi refluksi — oshqozondagi suyuqlikning qizilo‘ngachga qaytib borishi.
Ko‘rib turganingizdek, turli kasalliklar alomatlari bir-biriga o‘xshash bo‘ladi, shu sababli tomoq og‘rig‘ining sababini aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashish zarur.
O‘RVI sababli vujudga kelgan tomoq og‘rig‘ini tuzatish uchun:
Foto: Eatthis
- ko‘proq iliq suv va mineralli suv ichish;
- asal va sariyog‘li sut ichish;
- tuz, iste’mol sodasi va iliq suv aralashmasida tomoqni chayish;
- tomoqni issiq sharf bilan o‘rash;
- ingalyatsiya qilish;
- romashka va kalendula damlamasidan ichish;
- xonadagi havo namlik darajasini oshirish.
Agar tomoqdagi og‘riqni virus emas, balki bakteriyalar keltirib chiqargan bo‘lsa, shifokor bemorga antibiotik vositalarni yozib berishi mumkin.
Tomoq og‘rig‘iga sabab unda tiqilib qolgan biror predmet, baliq suyagi bo‘lsa, unda tez yordam chaqirish yoki shifokor lorga murojaat qilish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi