152
Ko‘zda yiring paydo bo‘lishi: sabablar, yechim va kasallikka qarshi profilaktik choralar
Ko‘zlarda qizarish, shish, yiring paydo bo‘lishi kabi muammolarga ko‘plab insonlar duch kelgan. Kasallikni uy sharoitida davolash ba’zan foyda keltiradi, boshqa holatlarda infeksiya sababi aniqlanmay, davolanish kasallikni kuchaytirib yuborishi mumkin.
Foto: Wday
Nega ko‘zlar qizaradi?
Ko‘z atrofida va, ayniqsa, qovoq qismida yoqimsiz sarg‘ish yallig‘lanish paydo bo‘lishiga quyidagi kasalliklar sabab bo‘lishi mumkin:
- traxoma (xlamidiya infeksiyasi qo‘zg‘atadigan ko‘zning shohpardasi yallig‘lanishi);
- dakriosistit (ko‘z yoshi qopining yallig‘lanishi);
- konyunktivit (ko‘z shilliq qavatining yallig‘lanishi);
- turli jarohatlar;
- operatsiyadan so‘ng infeksiya tushishi va boshqalar.
Allergik konyunktivit o‘ta kuchli qichishish bilan tavsiflanadi. Infeksiyali konyunktivitda yallig‘lanish va yiringlashga parazit mikroorganizmlar sabab bo‘ladi.
Dakriosistit kasalligida ko‘zlar doimo yoshlanib turadi, ammo suyuqlik tashqariga chiqish o‘rniga ko‘z yosh kanallarida to‘plana boshlaydi. Natijada ko‘zga infeksiya tushadi va yiring paydo bo‘ladi.
Ko‘zlar yiringlashiga qarshi uy sharoitida yordam
Foto: Getty Images
Avvalo, ko‘zlarni ohista tozalash va yiringni olib tashlash kerak. Uni qaynatilgan toza suv bilan yuvish, so‘ng furatsilin eritmasi bilan paxta yordamida artish kerak. Tozalash paytida ko‘zning tashqi burchagidan ichki burchak — burunga qarab artish lozim. Yallig‘lanishni yengillashtirish uchun o‘simliklardan tayyorlangan damlamalar yordam beradi:
Moychechak damlamasi. 3 osh qoshiq quritilgan moychechak ustiga 200−250 gramm qaynoq suv quying. Qaynatib olgach, dokadan o‘tkazing. Iliq holatda ko‘zlarni kuniga 5-6 marta artish mumkin.
Kalendula damlamasi. 2 osh qoshiq kalendula 200−250 gramm qaynoq suv quying. Qaynagach, dokadan o‘tkazing. Iliq holatda ko‘zlarga kuniga bir necha marta qo‘llash mumkin.
Achchiq qora choy ham yordam beradi.
Agar alomatlar 1-2 kun ichida kamaymasa, shifokor bilan maslahatlashish lozim. U yallig‘lanishning asl sababini aniqlaydi va kerakli dori-darmonlarni buyuradi.
Davolanish vaqtida quyidagilarga rioya etish zarur:
- Gigiyenaga e’tibor bering.
- Ko‘zingizni ishqalamang, faqat shaxsiy sochiqdan foydalaning.
- Kasallik alomatlari faqat bir ko‘zda bo‘lsa ham, ikkinchi ko‘zni ham davolashni unutmang.
- Stressdan uzoq bo‘ling.
- Kosmetik vositalardan vaqtincha foydalanmang.
Profilaktik ishlar
- Ko‘z kasalligini qo‘zg‘atuvchi allergen bilan aloqa qilishdan saqlaning.
- Buning iloji bo‘lmasa, shifokor tomonidan tayinlangan maxsus allergiyaga qarshi tomchilardan foydalaning.
- Doimiy dush qabul qiling.
- Konyunktivit va boshqa ko‘z kasalliklarida linzalarni ishlatishdan tiyiling.
- Ko‘zlarga dam bering, chang va quyoshdan saqlaning.
- Ko‘zingizni qo‘llar yoki kiyim bilan artmang.
- Uyda haftasiga bir necha marta nam tozalashni amalga oshiring. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi