date

To‘rabek Habibullayev Liverpul ringini zabt etib jahon chempioni bo‘ldi

To‘rabek Habibullayev Liverpul ringini zabt etib jahon chempioni bo‘ldi

Liverpul shahrida o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbek bokschilari ketma-ket oltin medallarni qo‘lga kiritmoqda.

Kunning uchinchi finalida -90 kilogramm vazn toifasida hamyurtimiz To‘rabek Habibullayev braziliyalik raqibi Isaias Ribeiroga qarshi ringga chiqdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan jang uch raund davom etdi va hakamlar qaroriga ko‘ra, 5:0 hisobida g‘alaba To‘rabekka nasib etdi. Shu zafar bilan Habibullayev jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasining umumiy medallar hisobidagi oltin medallari soni to‘rttaga yetdi. Eslatib o‘tamiz, kecha Fazliddin Erkinboyev yurtimizga birinchi oltin medalni taqdim etgan bo‘lsa, bugun Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Javohir Ummataliyev o‘z navbatida ikkinchi va uchinchi oltin medallarni yutib berishdi. Shu bilan birga, ayollar bahslarida ham bokschilarimiz uchta bronza medaliga ega chiqishdi.

14 sentyabr kuni o‘tkazilayotgan final bahslari hali davom etmoqda. Bugun Navbahor Hamidova Qozog‘iston vakiliga qarshi, Abdumalik Xalokov Braziliya sportchisiga qarshi, Akmaljon Isroilov Angliya bokschisiga qarshi, Jahongir Zokirov esa Qozog‘iston vakiliga qarshi ringga ko‘tarilib, oltin medal uchun kurash olib borishadi.

O‘zbek muxlislari finallardagi navbatdagi g‘alabalarni ham intiqlik bilan kutib qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » To‘rabek Habibullayev Liverpul ringini zabt etib jahon chempioni bo‘ldi