O‘pka nafas olish bilan birga butun tanaga ta’sir qiladi. Yillar o‘tishi bilan iflos havo va allergiya keltiruvchi moddalar uni zaiflashtiradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, o‘pka 20–25 yoshda eng yuqori sig‘imga ega bo‘ladi.
Uy sharoitida o‘pkani tekshirish uchun oddiy test mavjud. Buning uchun katta plastik shisha, suvli idish va rezina trubka kerak. Shishaga suv solib, chuqur nafas olib trubka orqali suvni chiqarish orqali o‘pkaning sig‘imi o‘lchanadi.
O‘pkalarimizning holati boshqa kasalliklar bilan ham bog‘liq: yurak xastaliklari, qand kasalligi, vazn muammolari va hatto miya faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli ularni mustahkamlash muhimdir.
Mutaxassislar muntazam mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish, tamaki va elektron sigaretalardan uzoqlashish hamda chuqur nafas mashqlari yordamida o‘pkani mustahkamlash mumkinligini ta’kidlaydi. Har bir nafas sog‘lom yashashga qadam bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!