So‘nggi yillarda Quyosh faolligining ortishi sababli Yerda ko‘pincha magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda. Bu holat inson salomatligiga, ayniqsa, yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ko‘p odamlar bosh og‘rig‘i, xolsizlik yoki qon bosimidagi o‘zgarishdan shikoyat qilishadi.
Shifokorlar bunday kunlarda o‘zini ehtiyot qilishni tavsiya qiladi. Birinchi navbatda, ko‘proq suv ichish juda muhim. Suyuqlik me’yorda qabul qilinsa, qon quyuqlashib qolmaydi. Sabzavot va mevalar iste’moli esa organizmni zarur moddalar bilan ta’minlaydi.
Vitamin C bu davrda ayniqsa foydalidir. Limon, ko‘k sabzavotlar, sitrus mevalari immunitetni kuchaytiradi. Zarur hollarda, shifokor maslahati bilan vitamin qo‘shimchalari qabul qilish mumkin.
Agar yurak-qon tomir kasalliklaringiz bo‘lsa, albatta kardiolog nazoratida bo‘lish shart. To‘g‘ri turmush tarzi va ijobiy kayfiyat magnit bo‘ronlari ta’sirini kamaytiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!