date

Bolalarda ko‘z kasalliklari va aqliy zaiflashishning asosiy sabablari

Bolalarda ko‘z kasalliklari va aqliy zaiflashishning asosiy sabablari

Kompyuter va telefonlar inson hayotida muhim o‘rin tutsa-da, ularga bolalarning ortiqcha qaramligi ortib bormoqda. Ota-onalar e’tiborsizlik bilan bu qurilmalarni farzandlariga topshirib qo‘yishi natijasida ko‘z kasalliklari, ko‘zning quruqlanishi, bosh va bel og‘rig‘i, asab kasalliklari va immunitetning zaiflashishi kuzatilmoqda.

Yoshlarda internet va o‘yinlarga qaramlik, depressiya, qo‘rquv, jahldorlik, muloqotdan qochish va uyqusizlik avj olmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, telefon nurlanishi butun tanamizga ta’sir qiladi va ayniqsa immuniteti zaif insonlar uchun xavfli hisoblanadi.

Telefon va kompyuter ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘z mushaklari ekranga qaraganda ko‘p kuch bilan ishlaydi va bu holat ularning zo‘riqishiga olib keladi. Uzoq suhbatlar esa quloq to‘qimalarida isishni keltirib chiqaradi. Bu esa elektromagnit nurlanish ta’sirini anglatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bolalarda ko‘z kasalliklari va aqliy zaiflashishning asosiy sabablari