date

Poytaxt avtobuslari endi shahar atrofigacha yetib boradi

Poytaxt avtobuslari endi shahar atrofigacha yetib boradi
Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi poytaxtdagi avtobus yo‘nalishlarini shahar atrofidagi hududlargacha uzaytirish bo‘yicha jamoatchilikda tug‘ilgan savollarga rasmiy javob berdi.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbarining Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarini poytaxt bilan uzluksiz bog‘lashga oid topshirig‘i ijrosi doirasida bir qator amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, hozirda qayta tashkil etiladigan, shu jumladan aglomeratsiya hududini qamrab oladigan yangi yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqilgan hujjatlar tasdiqlangach, belgilangan tartibga muvofiq, ochiq elektron tenderda e’lon qilinadi. Tender g‘olibi bilan ushbu yo‘nalishda yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatish yuzasidan maxsus shartnoma — brutto-shartnoma tuziladi.

Shuningdek, uzaytirilayotgan yo‘nalishlar sabab avtobuslarni kutish vaqti ortib ketmasligi uchun qo‘shimcha transport vositalari ajratilishi rejalashtirilgan. Bu orqali transport xizmatining barqarorligi va samaradorligi ta’minlanadi.

Hozirda texnik va tashkiliy masalalarni hal qilish, harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l infratuzilmasini yaratish ishlari ham izchil davom etmoqda. Maxsus muhandislik va loyiha guruhlari tomonidan aglomeratsiyaning har bir nuqtasida transport harakati logistikasi o‘rganilmoqda.

Poytaxt aglomeratsiyasi doirasida yagona, yaxlit transport tizimini shakllantirish va uni bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish ishlari avj olgan. Bu tizim orqali nafaqat shahar markazi, balki atrofiy tumanlarda istiqomat qiluvchi aholi uchun ham qulay va xavfsiz transport xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Poytaxt avtobuslari endi shahar atrofigacha yetib boradi