Bu haqda Milliy tibbiyot markazi Nevropatologi Jasur Kabulov ma’lumotlari bilan quyidagi maqola orqali bilib olishingiz mumkin.
Parkinson kasalligini butkul davolab bo‘lmagani bilan, ilk bosqichlarida aniqlash, kasallik zo‘rayishining oldini olishi hamda muolajalar ta’sir qilishiga yordam berishi mumkin.
Yozuvning o‘zgarishi
Yozuvning o‘zgarishi Parkinson kasalligi paydo bo‘layotganidan darak beradigan eng birinchi simptomlardan sanaladi. Mayda yozuvlarning yiriklashishi yoki aksincha bo‘lishi, so‘zlar orasidagi va qog‘oz chetida qolayotgan joylar ham turli bo‘lishi mumkin. Yozilgan matn avvalgidan kamroq joyni egallasa va yozuv avvalgidek aniq bo‘lmaydigan bo‘lsa shifokorga murojaat qilish kerak.
Hid bilish bilan bog‘liq muammolar
Surunkali tumovga o‘xshash holat kuzatilishi, hatto o‘tkir hidlarni bilishda ham muammo bo‘lishi mumkin. Hid bilish sezgisining pasayishi va Parkinson o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligi aniq bo‘lmasligiga qaramay, olimlar mazkur o‘zgarish kasallik rivojlanayotganidan darak beradigan ilk simptomlardan ekanini ta’kidlaydi. Hamma gap, Parkinson kasalligiga chalingan bemor miyasida shakllanadigan alfa-sinuklein oqsili bilan bog‘liq bo‘lishi, u miyaning hid bilishga javob beradigan qismini bloklashi mumkin. Nima bo‘lgan taqdirda ham uzoq vaqt davomida hid bilish bilan bog‘liq muammo kuzatiladigan bo‘lsa, shifokorga borishni keyinga qoldirmaslik kerak.
Uyqusizlik
Bezovta uyqu va uyqu davomida to‘satdan gapirishga tushish kabi odatlar Parkinson kasalligidan darak berishi mumkin.
Qabziyat
Uzoq vaqtdan buyon davom etayotgan qabziyat ham mazkur kasallikning signali bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, Parkinson kasalligida ovqat hazm bo‘lishi va ichaklar bo‘shashini nazorat qiladigan vegetativ asab tizimida o‘zgarish yuz beradi. Qabziyatning o‘zidan aniq xulosa qilib bo‘lmaydi, ammo u uyqu, yurish hamda yozuvning o‘zgarishi bilan kuzatiladigan bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Depressiya
Tadqiqotlarda, bemorlarda depressiya belgilari Parkinson kasalligining ilk jismoniy simptomlari ko‘zga tashlanishidan bir necha yil avval paydo bo‘lgani aniqlangan. Bemorlarda avvalroq muhim bo‘lgan va maroq bergan faoliyatga nisbatan qiziqish bo‘lmasligi va loqaydlik kuzatilishi mumkin. Depressiyaga Parkinson kasalligida serotonin va dofamin neyrotransmitterlari miqdorining kamayishi sabab bo‘ladi.
Qaltirash
Oyoq qo‘llarning qaltirashi Parkinsonga xos eng ko‘p tarqalgan simptom. Ushbu simptom paydo bo‘lishidan avvalroq bemorlar barmog‘i, iyagi va lablarning sezilar-sezilmas titrashi kuzatishi mumkin. Ayniqsa, stress va charchoq holatida ushbu belgilar yanada ko‘payishi mumkin.
Mushaklarning bo‘shashishi
Kun davomida bajariladigan oddiy yumushlar: tish yuvish, tugma qadash hamda non kesishda qiyinchilik keltirib chiqaradigan suyaklarning noodatiy qattiqligi yoki mushaklarning bo‘shashishi shifokorga borishni ortga surmaslik uchun jiddiy sabab bo‘la oladi. Yurish davomida qo‘llarning silkinmasligi singari kichik o‘zgarishlar ham Parkinsonning birinchi simptomlaridan bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi