17:00 / 27.01.2018
6 727

Tibbiyot olamining mo‘’jizalari

Tibbiyot olamining mo‘’jizalari
Yangi texnologiyalar hozirning o‘zidayoq tibbiyotni tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirib yubormoqda.

Hali tug‘ilmagan bolani operatsiya qilish, tishlarni elektr toki bilan tozalash, elektron hamshira xizmatidan foydalanish va printerda kasal a’zolar o‘rniga yangi a’zolarni bosib chiqarish – bularning hammasi ilmiy fantastika emas, bugungi kunning haqiqati! Har qanday kasallikning oldini olish yoki davolash, genlardagi buzilishlarni to‘g‘rilash, umrni 2-3 baravar uzaytirish va hatto 50 yoshdan keyin farzand ko‘rishning ham oddiy holga aylanishiga nima deysiz?

Tishlarning “uchinchi avlodi”
Hujayrali texnologiyalarning kelajagi porloq. Hozirning o‘zida hujayradan organizm uchun kerakli har qanday a’zoni yetishtirib chiqarish olimlar uchun muammo emas. Xayriyatki, yurak yoki buyrakni ko‘chirib o‘tkazishga hamma ham muhtoj emas, ammo ko‘pchilik 30-35 yoshda, hech bo‘lmaganda, bitta tishini yo‘qotishga ulguradi. Tishlarning “uchinchi avlodi”ni yaratish bo‘yicha tajribalarni bundan 10-15 yil oldin sichqonlarda o‘tkazishgan, hozir esa insonning kurak, qoziq va oziq tishlarini o‘stirish imkoni yaratildi. Kuyishdan shikastlangan teri o‘rniga yangi teri o‘stirish yoki qarigan, ajin tushgan va salqigan terini yoshartirish ham mumkin. Salqigan teri u yoqda tursin, mutaxassislar tez orada miyaning insult yoki jarohat tufayli shikastlangan qismlarini ham tiklashni o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘lishadi. Ular laboratoriyada funksional faol neyronlarni o‘stirishdi, ammo ularni miya to‘qimasining shikastlangan qismlariga kiritish texnologiyasini hali oxirigacha ishlab chiqishmadi.

Hujayrali texnologiyalarni qonuniylashtirish qoldi, chunki firibgarlarning qo‘lida bu texnologiyalar “echkini istagandim, momaqaldiroq oldim” tamoyili asosida ishlashi mumkin. Axir hujayradan nafaqat tish yoki jigarni, balki xavfli shishni ham o‘stirish mumkin. Buni istamaymiz, albatta…

Aqlli xapdori
Dorini chin ma’noda aqlli qilib bo‘lmaydi, ammo uning tarkibi ustida ishlash mumkn. Masalan, uning kerakli a’zoga to‘g‘ri borishi va belgilangan vaqtda ta’sir ko‘rsatishiga erishish mumkin. Bunday “aqlli” xapdorilarni Qozon davlat tibbiyot universitetining xodimlari ishlab chiqishdi. Yaratilgan preparatlarning mo‘ljallangan a’zoga yetib borish aniqligi — taxminan yarim soat. Olimlar aniq maqsadga qaratilgan harakatlari tufayli qo‘shimcha ta’sirlar ehtimolini qisqartirib, ta’sir ko‘rsatuvchi moddaning dozasini kamaytirish va bu bilan dorilarni bir umr qabul qilishga majbur bo‘lgan astmatiklar, gipertoniklar va boshqa bemorlarning hayotini yaxshilashga erishishdi. Masalan, gipertoniklar uchun qon bosimining ertalablari ko‘tarilishi juda xavfli bo‘lib, bu insult, infarkt va to‘satdan o‘limga olib kelishi mumkin. Bu holat soat 3dan 5gacha, odatda inson hali uxlayotganida sodir bo‘ladi. Endi xavotirga o‘rin yo‘q: bemor dorini yotish oldidan, soat 22:00 qabul qiladi, dori roppa-rosa 5 soatdan keyin, qon bosimi nazorat ostidan chiqa boshlaganida ta’sir qiladi.

Diabetdan xalos bo‘lish mumkin
Qandli diabet bedavo kasallik hisoblanib kelingan. Uning eng xaflisi — insulinga bog‘liq shakli (1 turdagi diabet). U odatda bolalikda boshlanadi va doimiy insulin yuborishni talab qiladi. Olimlarda organizmda insulin ishlab chiqaruvchi hujayralarni o‘stirish fikri tug‘ildi. Hozir bu texnologiya ishlab chiqildi. To‘g‘ri, hozircha kasallikni to‘liq yengdik deb bo‘lmaydi, ammo umid qilsa bo‘ladigan natijalarga erishildi. 2 turdagi diabetni esa hujayrali texnologiyalar yordamida davolashning iloji yo‘q. Chunki kasallikning bu shaklida organizmda insulin yetarli, ammo hujayralarning unga sezuvchanligi yo‘qoladi. Shuning uchun bu kasallikni davolashning boshqa yo‘lini izlashga to‘g‘ri keladi.

Printerdan chiqarilgan jigar
Tadqiqotchilar ichki a’zolar va tomirlarni purkovchi printerdan chiqarishga usta bo‘lib qolishdi! Kartrijni bir oz o‘zgartirish talab qilinadi: uni siyoh o‘rniga eritmaga joylangan hujayralar bilan to‘ldiriladi, qog‘oz o‘rniga termosezuvchan gel bilan qoplangan shisha plastinkalardan foydalaniladi. 32 darajadan yuqori bo‘lgan haroratda gel qotadi va unga “bosilgan” hujayralarni kerakli tartibda saqlab, uch o‘lchamli tuzilmalarni, masalan, bo‘lajak vena va arteriya tomirlarining asosi bo‘lmish kavak naychalarni qurishga yordam beradi.

Qurilish “karkasi” sifatida hujayrali massaga kollagen – biriktiruvchi to‘qimaning tuzilishli oqsili qo‘shiladi. U biologik konstruksiya karkasini yartadai. Tomir yoki a’zo shakllanganida, ularni 20 darajagacha sovitiladi. Bu haroratda gel suyuladi va tayyor to‘qimali tuzilmadan oson yuviladi. Mayda organik qismlarni bir necha soatda bosib chiqarish mumkin, yirik qismlarni tayyorlash uchun esa bir necha hafta va oylar kerak bo‘ladi.

Suv bilan jarrohlik operatsiyasi
Suv yordamida operatsiya qilish – nahotki buning iloji bo‘lsa? Bor. Yuqori aniqlikdagi asbob — suvoqimli skalpel millimetrlab operatsiya qilish imkonini beradi. Yuqori bosim ostidagi ingichka suv oqimi qon tomirlaridan boshqa barcha to‘qimalarni buzadi. Masalan, jigarda ular ko‘p va oddiy skalpeldan foydalanilganda ko‘p qon oqadi. Barcha tomirlar xuddi kaftingizdagiday ko‘rinib turadi. Jarroh ularni bog‘lab, so‘ng shish yoki boshqa patologik hosilani to‘liq olib tashlaydi. Jigarning shikastlanmagan qismi saqlanib qoladi. Bemor qon yo‘qotmaydi!

Martel armiyasi
Vaqti kelib, skalpel va igna tibbiyotchilar asboblari orasidan yo‘qoladi. Barcha tadqiqotlar va operatsiyalar tana ichida sanoqli soniyalarda o‘tkaziladi! Soch kesimidan ming bor mayda robotlar tashxis qo‘yishadi va har qanday “buzilish”ni yo‘qotishadi. Amerikalik olimlar “Nanokovlovchi” loyihasi ustida ishlashni yakuniga yetkazishmoqda. Uning maqsadi – tibbiyotni, masalan, tahlil uchun qon olish yoki limfa tugun punksiyasi kabi eskirgan amaliyotdan uzoqlashtirish. Endi tashxis asbobining o‘zi to‘qimaning o‘lchamigacha kichrayadi va kasallik paydo bo‘lgan joyning o‘zida tahlil o‘tkazish uchun a’zoga kiradi.

Mikroskopik tashxischilar uchun anomal hujayralarni xavfli o‘smaning xosil bo‘lishidan 3-5 yil oldin aniqlash hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Hech bir yuqori sezuvchanlikka ega mammograf ko‘krakdagi 0,1mm dan kichik tugunchalarni aniqlay olmaydi, nanorobotlar uchun esa — bu muammo emas. Jipslashgan mitti davolovchilar jamoasi (olimlar ularni Martel armiyasi deb atashdi) 200 mingta aniq harakatlarni bajarishga qodir. Ular shifokorlarning nazorati ostida harakat qilishadi: mayda kameralar tasvirni tashqi ekranga uzatadi, infraqizil uzatgichlar esa har bir nanorobotning holatini qayd qiladi.

Elektron hamshira
Yapon muhandislik g‘oyasining faxri — terisi silikon va ko‘zlari chaqnoq, boshiga oppoq qalpoqcha, egniga xalat kiygan maftunkor hamshira. Yaqindagina robot-hamshira boshi o‘rnida displey bo‘lgan g‘ildirakli katta shkaf ko‘rinishida bo‘lib, bemorlarni dahshatga solardi. Yangi “hamshira” esa bemorlar va vrachlarda faqat ijobiy hissiyotlarni uyg‘otadi. Bunday hamshira juda qimmat turadi, ammo hamisha a’lo kayfiyatda, hech qachon kasal bo‘lmaydi, hech narsani adashtirmaydi, nazardan chetda qoldirmaydi, maosh ham talab qilmaydi. Yaxshi tomonlari bisyor!

Tish pastasi o‘rnida elektr toki
3 kishidan iborat oila bir oyda o‘rtacha 75 ml tish pastasini sarflaydi. Zararni hisoblab chiqqan tejamkor yaponlar tish pastasi o‘rniga elekr tokidan foydalanishga qaror qilishdi. Tokiolik muhandislar tish cho‘tkasiga ikkita mis va magniy chizig‘ini o‘rantishdi. Ular namlanganda elektroliz prinsipi bo‘yicha ishlaydi. Bunda paydo bo‘ladigan manfiy ionlar musbat zaryadga ega kalsiy ionlari tomon tortilib, ular xosil qiluvchi tish emalini tozalaydi. Muolaja mutlaqo og‘riqsiz va xavfsiz.

Qozonlik olimlar butun dunyoda ilojisi yo‘q deb hisoblangan aqlli xapdorilarni ishlab chiqishdi!

Manba: tasvir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tibbiyot olamining mo‘’jizalari