Londondagi Murfilds ko‘z shifoxonasi shifokorlari inqilobiy usul yordamida 2 nafar keksa bemorning ko‘rish qobiliyatini tiklay olishdi. Olimlar davolashning bu usuli Britaniyada 5 yil ichida paydo bo‘lishiga umid bildirishgan.
Ko‘rish qobiliyati tiklangan bemorlar makulyar degeneratsiya – ko‘z pardasi buzilishidan aziyat chekishgan. Bu kasallik ko‘pincha 60 yoshdan keyin va taxminan 50 foiz holatda to‘liqmas ko‘zi ojizlikda paydo bo‘ladi. Bu kasallik odatda ko‘rishda chaplanganlik va ba’zi dog‘larni keltirib chiqaradi.
Olimlarning bayon qilishicha, bu kasallikni davolash jarayoni quyidagicha kechadi: yakka murtak asos hujayralar ko‘z pardasining 100 mingta pigment hujayrasini saqlovchi 6 millimetrlik to‘qimada o‘stiriladi. So‘ngra bu to‘qima ingichka quvurchaga joylashtirilib, u orqali ko‘zdagi kichik kesik orqali unga kiritiladi. To‘qima ko‘z pardasi orqasida joylashtiriladi, bu yerda asos hujayralar vaqt o‘tishi bilan shikastlangan hujayralarning o‘rnini egallaydi. Ushbu amaliyot bor-yo‘g‘i 45 daqiqa ichida mahalliy anesteziya ostida o‘tkaziladi.
“Amaliyotgacha bir necha oy avval mening ko‘rish qobiliyatim haqiqatan yomon bo‘lgan, men o‘ng ko‘zim bilan hech narsani ko‘ra olmasdim. Shifokorlar menga ko‘rish qobiliyatini qaytarishdi”, deb aytgan tajriba ishtirokchilaridan biri, 86 yoshli Duglas Uoters.
Amaliyotdan keyin Uoters va yana bir bemor ortidan olib borilgan 12 oylik kilink kuzatuv ularning ikkisida ham ancha ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini ko‘rsatgan. Shu bilan birga ko‘chirib o‘tkazilgan hujayralar mukammal chiqmagan, chunki shifokorlar bu hujayralardan ba’zilari organizm tomonidan qabul qilinmagani alomatlarini qayd qilishgan. Biroq shunga qaramay, ikki bemor ham nisbatan sog‘lom qolishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi