Albatta! Qanday qilib deysizmi? Unda asalari zahri bilan davolash, yaʼni apiterapiya haqidagi maqolamizni diqqat bilan oʻqing. Bizga bu borada xalq tabobati bilan shugʻullanib, koʻpchilikning dardiga darmon boʻlayotgan Gulnora Shermatova yordam beradi.
— Gulnora opa, aytishlaricha, asalarining chaqishi ham baʼzi kasalliklarda koni foyda ekan. Shu haqda gapirib bersangiz…
— Asalarini xalq orasida qanotli farmatsevtlar, asalari yashiklari qoʻyilgan joyni esa tabiiy dorixona deyishlari bejiz emas. Demak, ari chaqqanida 50ga yaqin turdagi mikroelementlar va oz miqdordagi zahar organizmimiz salomatligi uchun xizmat qilar ekan. Bu zahar esa mayda arteriya va qon tomirlarini kengaytiradi, inson tanasiga qon oqimining kelishi oshadi.
Ari zahri bilan davolash, yaʼni apiterapiya xalq tabobatida qadim zamonlardan beri qoʻllanib kelinadi. Apiterapiya tarkibiga asal bilan yelka va boʻgʻimlardan tuzlarni sugʻurib olish, propolisdan suv va spirt asosida tindirma (nastoyka) tayyorlash ham kiradi. Propolis va asaldan tayyorlangan aralashmani yoshi ulugʻ insonlar tanovul qilsa, organizmga quvvat baxsh etadi. Apiterapiya usulining boshqa davo vositalaridan asosiy farqi shundaki, u kompleks taʼsir qiladi. Meʼyor unutilmasa, zarracha ham salbiy taʼsir koʻrsatmaydi.
Bugunga kelib apiterapiya ham bir necha kasalliklarni davolashda samarali vosita boʻlib hisoblanmoqda. Boshqacha aytganda, asalarilar moʻʼjizaviy shifo beruvchi haqiqiy bir martalik tabiiy shprislardir. Darvoqe, hozir Yevropa mamlakatlarida ham asalariga chaqtirib davolash usuli keng qoʻllanilmoqda.
— Avvalo, ari zahri nima degan savolga aniqlik kiritsangiz…
— Ari zahri ishchi arilarning alohida zahar ajratadigan bezidan chiqadigan suyuqlik boʻlib, u arilarning himoya vositasidir. Asalarining zahri murakkab taʼsirga ega boʻlib, u arining chaqish soni, zahar miqdori va ari chaqqan joylarga, inson organizmining ari zahrini sezuvchanligiga ham bogʻliq. Toʻgʻri, asalari chaqqanida bor-yoʻgʻi 30 soniya ogʻriq boʻladi. Albatta, bu yoqimsiz jarayon. Shu bois bu ogʻriqni sezmaslik uchun mutaxassis tomonidan maxsus muolaja qoʻllaniladi. Asalariga chaqtirib davolanishning ham oʻziga xos nozik jihatlari bor. Avvalo, bunday usulda davolanganda bemor mutaxassis nazoratida boʻlishi shart. Dastlab bemor tanasining asalari zahriga sezgirligi tekshirib koʻriladi. Buning uchun 1 dona ariga chaqtirib, ignasi 10 daqiqadan soʻng olib tashlanadi. Agar allergiyaning belgilari 10-15 daqiqada paydo boʻlmasa, shundan keyin asalariga chaqtirib davolashni boshlash mumkin. Ari chaqqanidan keyin bemorning qon aylanishi va uyqusi yaxshilanadi, ogʻriq kamayadi, qon bosimi tushadi.
— Agar bemorni meʼyoridan ortiq ari chaqsa-chi?
— Avvalo, mutaxassis davolanayotgan bemorga qancha asalari qoʻyishni yaxshi bilishini taʼkidlamoqchiman. Aslida, asalari koʻp chaqsa, boshi aylanadi, ogʻriydi, koʻngli ayniydi, soʻlagi oqadi, ich ketishi ehtimoli bor, hamma yeridan muzdek ter chiqib, ter bosadi. Shuningdek, qon bosimi tushib, birozdan soʻng isitmasi chiqishi ham mumkin. Taʼkidlashimiz lozimki, ayollar va bolalar ari zahriga sezgirroq boʻlishadi, ularda zaharlanish biroz ogʻirroq kechishi ehtimoli bor. Mabodo shunday hol yuz bergudek boʻlsa, imkon qadar koʻproq suyuqlik ichish lozim.
Ari zahri tarkibida suyak tizimini mustahkamlovchi va qayta tiklovchi moddalar mavjudligi olimlar tomonidan isbotlangan.
Qaysi bemorga qancha asalari qoʻyish kerakligini mutaxassis belgilaydi. Davolash kursi bemorning tashxisiga, holatiga va organizmning ari zahriga reaksiyasiga qarab belgilanadi. Oʻrta hisobda 10-11 kun davomida muolaja kursi davom etadi.
QUYIDAGI KASALLIKLARDA ARIGA CHAQTIRIB SHIFO TOPISH MUMKIN:
- artrit va osteoxondroz;
- bosh ogʻrigʻi;
- periferik nerv tizimi xastaliklari (bel ogʻrigʻi, yuz nervi falaji, polinevrit, qovurgʻalararo nevrit, nevralgiya);
- churra;
- migren;
- qon-tomir xastaliklari (endoartrit, tromboflebit, ateroskleroz);
- depressiya va uyqu buzilishi;
- quloq va burun-tomoq xastaliklari va hokazo.
KIMLARGA MUMKIN EMAS!
- homilador ayollar;
- jigar va meʼda kasalliklarining oʻtkir davri;
- sepsis — qon tarkibida yiring boʻlganda;
- ruhiy xastaliklar;
- asal va asalariga allergiyasi borlar;
- saratonga chalinganlar;
- yuqumli xastaliklar bilan ogʻriganlar.
ASALARI ZAHRI TARKIBI NIMALARDAN IBORAT?
Asalari zahri murakkab boʻlib, tarkibida juda koʻp aminokislotalar, mikroelementlar, fosfor, yod, xlor, kalsiy, magniy, organik kislotalar va asosiy taʼsir qiluvchi modda melittin, gialuronidaza hamda boshqalar mavjud.
Melittin — asosiy taʼsir qiluvchi modda boʻlib, u organizmga arterial bosimni tushiruvchi, mikroblarni oʻldiruvchi, yalligʻlanishga qarshi, qon tomirlarni kengaytirib, aterosklerozning oldini oluvchi, qonni suyultiruvchi taʼsir koʻrsatadi.
Gialuronidaza — chandiqlarni erituvchi, terini yoshartiruvchi, gematomalarni soʻrdiruvchi taʼsir qiladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi