Jahonning eng xaridorgir avtomobillari aniqlandi

  • 09 noyabr 2016, 23:24
  • 6 610
  • Avto
  • Jahonning eng xaridorgir avtomobillari aniqlandi

    Joriy yilning o‘tgan 9 oyi natijalariga ko‘ra dunyoda eng bozori chaqqon avtomobil Toyota Corolla bo‘lib chiqdi.

    O‘tgan muddat davomida 945 mingdan ziyod “Korolla” xaridorini topgan. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 2,4 foizga past. 730 mingta sotilgan Volkswagen Golf ikkinchi o‘rinda bo‘lib, u ham 7,1 foizlik pasayishni qayd etdi. Uchlikni Ford F-Series pikapi yakunlaydi. Pikap 728 ming nusxa sotilgan, savdo 8,4 foizga o‘sgan.

    Eng mashhur avtomobillar o‘nligiga “Toyota”dan uchta, “Ford”, “Xonda” va “Folksvagen”dan ikkitadan hamda Hyundai markasidan bitta rusum kiritildi.

    2016 yilning 9 oyi ichida dunyo bo‘ylab 68,4 mln yengil mashina sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgidan 3,8 foizlik yuqori ko‘rsatkichdir.

    Quyida eng xaridorgir avtomobillar o‘nligi bilan tanishing:

    Toyota Corolla — 945 812 nusxa (-2,4%)

    Volkswagen Golf — 730 178 nusxa (-7,1%)

    Ford F-Series — 728 665 nusxa (+8,4%)

    Ford Focus — 563 558 nusxa (-12,4%)

    Hyundai Elantra — 555 164 nusxa (-3%)

    Volkswagen Polo — 542 775 nusxa (+1,4%)

    Toyota RAV4 — 536 330 nusxa (+9,9%)

    Honda CR-V — 534 684 nusxa (+5,8%)

    Toyota Camry — 499 543 nusxa (-11,9%)

    Honda Civic — 483 425 nusxa (+16,6%)

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Jahonning eng xaridorgir avtomobillari aniqlandi