date

Baxt puldami? Shahlo Zoirovaning kutilmagan javobi

Baxt puldami? Shahlo Zoirovaning kutilmagan javobi

Taniqli va iste’dodli ijodkor Shahlo Zoirova pul va hayotiy qadriyatlar haqidagi samimiy fikrlari bilan muxlislar e’tiborini tortdi. Aktrisaning aytishicha, uning hayotida moddiy boylik hech qachon birinchi o‘rinda bo‘lmagan.

“Men uchun pul oxirgi darajadagi narsa”, — deydi Shahloxonim. Uning fikricha, hayotda eng muhim ne’matlar — bu sog‘lik, tinchlik va hotirjamlik. Aynan shu uch omil insonni baxtli va bardavom qiladi.

Shahlo Zoirova, shuningdek, turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan minnatdorligini ham yashirmadi. Ularning birga hayot kechirayotganiga 13 yil bo‘lganini ta’kidlagan aktrisa, bu yillar davomida turmush o‘rtog‘i uni har qanday holatda qo‘llab-quvvatlab kelganini alohida e’tirof etdi.

“Qaysi holatda bo‘lishimdan qat’i nazar, doimo ‘sen qilayotgan ish to‘g‘ri, sen kuchli ayolsan’ deb yonimda bo‘lganlar. Buning uchun mingdan ming rahmat”, — deydi u.

Ijodkor bugungi kunda erishgan yutuqlarini ham aynan oiladagi tushunish, tayanch va qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘laydi. “Ollohga behisob shukur, xo‘jayinimning ishonchi va yordami bilan shu darajaga yetib keldim”, — deya xulosalaydi Shahlo Zoirova.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Baxt puldami? Shahlo Zoirovaning kutilmagan javobi