20:00 / 07.12.2019
3 325

2019 yilda sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurgan shaharlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

2019 yilda sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurgan shaharlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi
Euromonitor International kompaniyasi mutaxassislari har yili sayyohlar orasida eng mashhur bo‘lgan shaharlar ilk yuztalik ro‘yxatini tuzadi. Bu yilgi reyting ham kompaniya saytida e’lon qilindi.

Dastlabki o‘rinni Gonkong egallagan. Yil oxiriga borib bu joyga tashrif buyurganlar soni 26.7 millionga yetishi kutilmoqda.

Keyingi o‘rinlarda Tayland poytaxti Bangkok (25.8 million) hamda Xitoy tarkibidagi alohida boshqaruvdagi hudud Makao (20.6 million) egallagan. Shuningdek, birinchi beshlikni Singapur (19.7 million) va London (19.5 million) yakunlaydi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dunyo bo‘ylab sayyohlar oqimi o‘tgan yilgiga qaraganda 4.2 %ga oshgan. 2019 yil davomida jami 1.5 mlrd marotaba sayohatlar amalga oshirilgan. Shuningdek, bu sayohatlarning 47 %i ilk 100 talikdagi shaharlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, 5 sentyabrda Mastercard xalqaro to‘lovlar tizimining ma’lumotlariga asosan Osiyo-tinch okeani mintaqasining eng ko‘p sayyohdar tashrif buyurgan shaharlar ro‘yxati ma’lum qilingan edi. Unda Bangkok birinchi pog‘onada edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2019 yilda sayyohlar eng ko‘p tashrif buyurgan shaharlar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi