08:13 / 14.12.2019
3 310

Turkiya tashqi ishlar vaziri: “Isroil hech qachon orzusiga yetolmaydi”

Turkiya tashqi ishlar vaziri: “Isroil hech qachon orzusiga yetolmaydi”
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Islom hamkorlik tashkilotining 50 yilligi munosabati bilan Marokash poytaxti Rabotda tashkil etilgan anjumanda nutq so‘zlab, dunyodagi musulmonlarning birlashishi kerakligiga e’tibor qaratdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.

U islom ummatining ummidlarini faqatgina hamjihatlik bilan ro‘yobga chiqarish mumkinligini ta’kidladi.

“Poytaxti Quddus bo‘lgan, 1967 yildagi chegaralar ichidagi mustaqil Falastin davlatining tashkil topishiga qaratilgan tarixiy missiyamizga har doim sodiqmiz, – dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri. – Biroq Falastin tuproqlari, xususan, Quddusning ishg‘oli davom etmoqda. Falastin xalqining huquqlari qo‘lga kiritilishi uchun yagona umid – musulmonlarning birlashishi. Bir qator masalalarda fikrlarimiz boshqacha bo‘lishi mumkin. Biroq ikki tomonlama kelishmovchiliklarimiz kurashimizga rahna solishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Falastinlik qardoshlarimiz ham o‘zlarining kelishmovchiliklarini hal qilishlari va murosa yo‘lini topishlari zarur”.

Chavusho‘g‘li hozirgi vaziyatga qaramay Isroil Falastin hududida etnik tozalash va irqchilikka asoslangan rejim barpo etish borasidagi orzusiga hech qaon erisholmasligini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya tashqi ishlar vaziri: “Isroil hech qachon orzusiga yetolmaydi”