15:30 / 16.12.2019
6 322

Kanada milliondan ziyod migrantlarni doimiy yashashga chaqirmoqda. Sabab?

Kanada milliondan ziyod migrantlarni doimiy yashashga chaqirmoqda. Sabab?
Foto: «Worldtaxes»
Kanada 2022 yilgacha butun dunyodan milliondan ortiq migrantlarni qabul qilishni rejalashtirmoqda, deyiladi «24tv.ua» xabarida.
Yuqori malakali muhojirlar bilan Kanada kuchli davlatga aylanmoqchi.

Bosh vazir Jastin Tryudo Immigratsiya va qochoqlar masalalari vaziri Mark Mendichinoga taqdim etgan mandatda shu xususda gap boradi.
«Kanadaga milliondan ortiq insonlarni doimiy yashashga jalb jalb etish orqali siz 2020—2022 yillarga mo‘ljallangan kengaytirilgan migratsiya rejasining samarali amalga oshirilishini ta’minlashingiz kerak», — deyiladi mandatda.

Tryudoning ta’kidlashicha, yanada kuchliroq Kanadani qurish uchun davlat chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etishga urg‘u berishi lozim.

Kanada bosh vaziri, shuningdek, o‘z vatanlarida tahdidga uchragan huquqni himoya qiluvchilar va jurnalistlarga boshpana berish taklifini ham kiritdi. Bu toifa muhojirlar alohida dastur bo‘yicha qabul qilinadi, ya’ni mamlakat bir yil mobaynida 250 kishini qabul qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kanada milliondan ziyod migrantlarni doimiy yashashga chaqirmoqda. Sabab?