date

Latsio Matieo Genduzini 30 mln yevroga sotadi

Latsio Matieo Genduzini 30 mln yevroga sotadi

Rimning «Latsio» klubi yarim himoyachisi Matieo Genduzi Turkiya Superligasiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi. Futbolchiga Istanbulning «Fenerbahche» jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Yago Sabunchoglu ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar muzokaralarni ijobiy yakunlagan va transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bitim qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

26 yoshli fransuz хавбек 2024 yil yozidan buyon «Latsio» safida o‘ynab kelmoqda. Uning «burgutlar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyunining oxirigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsum A Seriyada Genduzi 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Latsio Matieo Genduzini 30 mln yevroga sotadi