Manchester Yunayted vaqtinchalik murabbiy uchun nomzodlarni belgiladi

«Manchester Yunayted» rahbariyati mavsum yakuniga qadar vaqtinchalik bosh murabbiy lavozimi bo'yicha nomzodlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o'tkazishni rejalashtirmoqda. Klubning qisqa ro'yxatidan Ole Gunar Sulsher va Maykl Karrik joy olgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Athletic xabariga ko'ra, ayni paytda Sulsher asosiy favorit sifatida ko'rilmoqda, biroq yakuniy qaror shaxsiy uchrashuvlar natijasidan keyin qabul qilinadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq ingliz klubi jamoada bir yildan sal ko'proq ishlagan Ruben Amorimni iste'foga chiqargandi. «Byornli»ga qarshi eng yaqin o'yinda jamoani Darren Fletcher boshqaradi.
Hozirda «Manchester Yunayted» Angliya chempionati jadvalida 31 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing