11:30 / 19.12.2019
2 494

Antaliyada bankni o‘marmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik konsullik yordamidan voz kechdi

Antaliyada bankni o‘marmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik konsullik yordamidan voz kechdi
Foto: Haberler
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi o‘zbekistonlik fuqaro 17 dekabr kuni Antaliya shahridagi banklardan birining filialiga hujum qilgani va ikki nafar texnik xodimni garovga olgani to‘g‘risida qator OAVda tarqalgan axborotni tasdiqladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hujumni uyushtirgan J.O. huquqni muhofaza qilish organlariga taslim bo‘lgan.

Hozirda J.O.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 18 dekabr kuni Antaliya Jinoyat ishlari bo‘yicha sudida sud jarayoni boshlangan. Advokatlarning ayblanuvchi bilan uchrashishiga ruxsat berilgan bo‘lsa-da, u konsullik yordamini olishdan voz kechgan.

«Elchixona konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga olgan va Turkiyaning tegishli organlari bilan doimiy muloqotda bo‘lib turibdi», — deyiladi xabarda.

Konsullik huquqiy departamenti Turkiya, Bolgariya, Iroq, Ruminiya va JAR hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur vaziyatlarda mamlakatning Anqara shahridagi elchixonasiga (tel.: +90 312-441-17-46, +90 312-441-38-71/72) yoki Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75) murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Antaliyada bankni o‘marmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik konsullik yordamidan voz kechdi