Uxan shahrini 5 million kishi tark etdi

  • 27 yanvar 2020, 10:13
  • 1 916
  • Dunyo
  • Uxan shahrini 5 million kishi tark etdi
    Foto: EPA/Vostock-photo
    Koronavirus epidemiyasi sababli besh milliondan ortiq kishi Xitoyning Uxan shahrini tark etdi.
    «Oy taqvimi bo‘yicha yangi yil bayrami va epidemiya tufayli 5 milliondan ortiq odam Uxandan chiqib ketdi», – dedi shahar hokimi. – «Shaharda 9 million kishi qoldi».

    Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda shifoxonalarda koronavirus bilan kasallangan deb taxmin qilingan 2209 kishi saqlanmoqda, ularning 643 nafarida isitma kuzatilmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoy ma’murlari Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berishgandi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi koronavirusning yangi turi – 2019-nCoV ekanligi aniqlangandi.

    Ushbu virus bilan kasallanganlik holati Xitoydan tashqari Gonkong, Makao, Tayvan, Tailand, Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSH, Kanada, Vetnam, Singapur, Nepal, Fransiya, Avstraliya va Malayziyada ham qayd etilgan.

    » » Uxan shahrini 5 million kishi tark etdi