Qorindagi og‘irlikdan xalos etuvchi oziq-ovqat mahsulotlari

  • 10 fevral 2017, 11:11
  • 16 045
  • Hayot tarzi
  • Qorindagi og‘irlikdan xalos etuvchi oziq-ovqat mahsulotlari

    Inson organizmi juda murakkab tuzilishga ega. Ovqat hazm qilish organlari tizimi faoliyati to‘g‘risida-ku aytib o‘tirmasa ham bo‘ladi: hatto to‘g‘ri ovqatlangandan keyin ham ko‘pincha qorinda og‘irlik seziladi, deb yozadi Daryo nashri.

    Biz sizga qorinda yoqimsiz og‘irlik sezilgan holatlarda yordam beruvchi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini havola qilamiz.

    Yogurt

    Yogurtlar ichaklar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi va qorin damlashining oldini oluvchi foydali bakteriyalarga juda boy. Bundan tashqari ular hazm qilishga va modda almashinuvini tezlashtirishga yordam beradi.

    Qatiq

    Uy sharoitida qorin dam bo‘lishidan tez qutulishning eng oddiy usuli — bir piyola qatiq ichish. U qorin dam bo‘lishiga sabab bo‘luvchi zararli bakteriyalar ko‘payishining oldini oladi.

    Banan

    Banan tarkibidagi kaliy moddasi qorin damlashini yo‘qotadi va undagi og‘irlikdan xalos etadi.

    Bundan tashqari, bananlarning eti organizmda etishmagan dag‘al tolalar o‘rnini to‘ldirishga yordam beradi.

    Zanjabil (Imbir)

    Sog‘liq uchun benihoya foydali hisoblanuvchi zanjabil bakteriyaga qarshi kurashish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun ichaklardagi yallig‘lanishning oldini olishga yordam beradi. Zanjabil ildizi tarkibidagi hazm qiluvchi fermentlar oqsillarni faol parchalaydi, metabolizmni tezlashtiradi va damlash muammosini bartaraf qiladi.

    Limon sharbati

    Hazm qilish faoliyatini yaxshilash uchun ertalab limon sharbati solingan iliq suv ichish tavsiya qilinadi. Limon sharbati damlashni keltirib chiqaruvchi hayvon va sut oqsillarini faol ravishda parchalash xususiyatiga ega.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qorindagi og‘irlikdan xalos etuvchi oziq-ovqat mahsulotlari