10:29 / 26.04.2017
6 182

Ko‘p uyqudan yuzlaringiz shishib ketsa, nima qilish kerak?

Ko‘p uyqudan yuzlaringiz shishib ketsa, nima qilish kerak?
Ba’zida shirin uyqudan uyg‘onib, ko‘zguga qarasak, tashqi ko‘rinishimizdan hafsalamiz pir bo‘ladi. Chunki yuzlarimiz shishgan, go‘yoki 5 kiloga semirgandekmiz. Bu holat kun davomidagi kayfiyatimizga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi.

Mana shu shishlarning oldini olish va tez bartaraf etish yo‘llari bilan sizni tanishtirib o‘tamiz.

Tavsiyalar

Sizda doim uyqudan keyin shishish kuzatilsa, har kuni 2-3 ta olma eyishni odat qiling. Ovqat hazm qilish jarayonining yaxshilanishi, ishtahangizning karnay otmasligi va to‘lishib ketmasligingizni bartaraf etish o‘z qo‘lingizda.

Ertalab va kechqurun kashnich ko‘katidan iste’mol qiling hamda shishlarning ta’bingizni xira qilishiga nuqta qo‘ying.

Ertalab nonushtaga tuzsiz, dimlab pishirilgan grechixa ham ayni muddaodir.

O‘rik qoqi tanangizda yig‘ilib qolgan ortiqcha suyuqlikdan sizni xalos etadi. Turshakdan sharbat qaynatib ichish 1-2 soatga bormay shishlardan asar ham qolmasligini ta’minlasa, bu mahsulotni choyga sherik qilish ham salomatlikka, ham qomatga koni foyda.

Bodringni ezib, sharbatini ichish ham muammongiz bilan samarali kurash olib boradi.

Eslatma

Agar bu shishlar buyrak xastaliklari bilan bog‘liq bo‘lsa, shifokorga uchrashishni unutmang.

Manba: “Qalampir.uz”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘p uyqudan yuzlaringiz shishib ketsa, nima qilish kerak?