11:27 / 07.02.2017
7 689

Dubay qirollik oilasida birinchi uchuvchi ayol paydo bo‘ldi

Dubay qirollik oilasida birinchi uchuvchi ayol paydo bo‘ldi

Dubayning hukmron oilasi Al-Maqtumlar oilasidan bo‘lgan qiz ushbu oilaning tarixidagi birinchi ayol uchuvchi bo‘lib, noyob orden bilan taqdirlandi, deb yozmoqda Kun nashri.

BAAning aviasiya sohasi unda uchuvchidan tortib muhandisgacha sifatida faoliyat yurituvchi ayollarning ko‘pligi bilan maqtana oladi.

Dubay malikasi Latifaning istagramdagi akkauntidan Al-Maqtumlar oilasining vakilasi – Mo‘za Al-Maqtum professional uchuvchilar safini to‘ldirgani ma’lum bo‘ldi. U qirollik oilasidagi tijorat parvozlarini amalga oshiruvchi birinchi ayol uchuvchi bo‘ldi. "Mening jiyanim @mozahmm – oiladagi birinchi ayol uchuvchi tijorat parvozlari uchuvchisi sifatida birinchi parvozi vaqtida. Biz sen bilan faxrlanamiz! Osmon – chegara emas. Biror narsa ishonguninggacha, unga erisha olasan", deb yozilgan qizning uchuvchi kiyimidagi suratiga berilgan izohda.

Qirollik oilasining boshqa a’zolari ham instagramda qizga o‘z tabriklarini bildirib, u bilan faxrlanishlari va uning yutuqlaridan xursand ekanliklarini izhor qilishgan.

Mo‘za aynan qaysi aviakompaniya samolyotlarini boshqarishi haqida ma’lumot hozircha bo‘lmasa-da, uning egnidagi kiyim Emirates aviakompaniyasi uchuvchilarining kiyimini eslatib yuborgan.

2016 yilda Etihad Airways aviakompaniyasi unda ishlaydigan BAA fuqarolaridan yarmidan ko‘pini ayollar tashkil qilishini, jumladan 50 nafar ayol uchuvchisi borligini e’lon qilgan. Ushbu sohada faoliyat yurituvchi BAAlik ayollardan eng mashhuri qiruvchi samolyot uchuvchisi Maryam Al-Mansuriy hisoblanadi. U Suriyadagi terrorchilik guruhlariga qarshi hujumlarda ishtirok etgani bilan tanilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dubay qirollik oilasida birinchi uchuvchi ayol paydo bo‘ldi