Rossiya 2035-yilda Oyga yangi qoʻnish apparatini uchirishni rejalashtirmoqda

Rossiyaning “Luna-31” missiyasi 2035-yilga moʻljallangan boʻlib, uning doirasida Oy yuzasiga maxsus uchish-qoʻnish apparati yuborilishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti ilmiy rahbari Lev Zelyoniy “Interkosmos — 60” koʻrgazmasining ochilish marosimidagi taqdimotida maʼlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Taqdim etilgan hujjatlarga koʻra, Rossiyaning Oy dasturi keng koʻlamli grafikni oʻz ichiga oladi. Xususan, 2033-yilda “Luna-30” missiyasi doirasida ogʻir vaznli lunoxod uchirilishi rejalashtirilgan. Ushbu qurilma Oyning qutb yaqinidagi hududlarida moddalar tarkibini oʻrganish bilan shugʻullanadi.
Shuningdek, 2036-yil uchun ham “Luna-31” indeksi ostida yana bir missiya belgilangan. Bu apparat astronomiya, resurslarni qidirish va biologiya sohasidagi tadqiqotlar uchun moʻljallangan qoʻnish platformasi boʻlishi koʻzda tutilgan. Avvalroq “Luna-28”, “Luna-29” va “Luna-30” apparatlarini 2032–2036-yillar oraligʻida uchirish imkoniyatlari muhokama qilingan edi.
Yaqin yillar ichida amalga oshirilishi kutilayotgan asosiy loyihalar “Luna-26” va “Luna-27” boʻlib qolmoqda. Birinchi missiya Oyni uzoq vaqt davomida oʻrganuvchi orbital platformaga aylanadi, ikkinchisi esa sunʼiy yoʻldoshning qutb zonasiga aniq va xavfsiz qoʻnish texnologiyalarini sinovdan oʻtkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!