date

Dili.me javobgarlikka tortildi

Dili.me javobgarlikka tortildi

Blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Dili.me yana huquq-tartibot organlari e’tiboriga tushdi.

Ma’lum bo‘lishicha, u 2026 yil 31 may kuni soat 17:00 da shahardagi supermarket oldida chiroyli raqamli avtomobillar yig‘ilishini tashkil etish bo‘yicha o‘zining “Instagram” sahifasida videomurojaat tarqatgan. Ushbu holat tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirilgani aniqlangan.

Qo‘qon shahar IIB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida ushbu chaqiriq jamoat tartibi va harakat xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi qayd etildi.

Shuningdek, tushuntirish ishlari olib borilayotgan vaqtda uning sherigi ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan faol qarshilik ko‘rsatgani ham aniqlangan.

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari asosida hujjatlar rasmiylashtirilib, sud organiga yuborildi.

Hozirda holat yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Dili.me javobgarlikka tortildi