11:15 / 11.04.2017
13 029

Prezident farmoniga muvofiq ikkita yangi institut tashkil etiladi

Prezident farmoniga muvofiq ikkita yangi institut tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 10 aprel kuni “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.

Ushbu farmonga muvofiq, quyidagilar:

Tergov bosh boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentiga;

Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati Kadrlar bosh boshqarmasiga;

Tashkiliy-inspektorlik boshqarmasi Tashkiliy-inspektorlik va axborot-tahlil bosh boshqarmasiga;

Xorijga chiqish, kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga;

Shaxsiy tarkib bo‘yicha maxsus inspeksiya O‘z xavfsizligi boshqarmasiga;

Kotibiyat Jismoniy, yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ish yuritish boshqarmasiga;

Aloqa bo‘limi Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasiga;

Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasiga, tarmoq ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari, bo‘linmalari) transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘limlariga;

Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti Harbiy-texnika institutiga;

Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabi Yong‘in xavfsizligi institutiga;

serjantlar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlariga o‘zgartiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident farmoniga muvofiq ikkita yangi institut tashkil etiladi