O‘zbekistonda tayyor taom yetkazib berish narxi qanchaga oshdi?

Oʻzbekistonda tayyor ovqatni yetkazib berish xizmatlari narxi 2025 yil noyabr yakunlariga ko‘ra o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘rtacha 6,4%ga qimmatlashdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.
Shu bilan birga, 2025 yil noyabr oyida yetkazib berish qiymati oktyabr bilan solishtirilganda 0,5%ga oshgani qayd etildi.
Mutaxassislar narxlar o‘sishi umumiy ovqatlanish segmentining yetkazib berish bilan ishlayotgan qismida kuzatilayotganini bildiradi. Statistika idorasiga ko‘ra, bunga logistika xarajatlari va kundalik operatsion sarf-xarajatlar kabi xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq umumiy omillarning qimmatlashuvi sabab bo‘lmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing