21:18 / 11.07.2017
9 267

Toshkent davlat pedagogika universiteti dekani muovini 7 ming dollar pora olayotganda ushlandi

Toshkent davlat pedagogika universiteti dekani muovini 7 ming dollar pora olayotganda ushlandi
2017 yilning 10 iyul kuni taxminan soat 16:00larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Abduraimova Gulchiroy Ozotovna, fuqaro Maxmudov Lazizning ishonchiga kirib, tanishi Axmedov Olimjonni mazkur universitetga oliygohning mansabdor shaxslariga pora berish yo‘li bilan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, buning uchun undan 7.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni ancha miqdorda, o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) va 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berishga dalolatchilik qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent davlat pedagogika universiteti dekani muovini 7 ming dollar pora olayotganda ushlandi