Dunyoga mashhur Sidney Opera teatri haqida nimalarni bilasiz?

  • 07 dekabr 2019, 06:30
  • 1 149
  • Madaniyat
  • Dunyoga mashhur Sidney Opera teatri haqida nimalarni bilasiz?
    Bugungi maqolamiz orqali dunyoga mashhur Sidney Opera uyi haqida qiziqarli ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz. Sidney Opera teatri Bennelong geografik nuqtasida joylashgan bo‘lib, Sidney Opera teatrini qurish uchun dastlabki xarajatlar smetasi 7 million dollarni tashkil etgan. Yakuniy qiymati 102 million dollarga yetgan hamda ushbu xarajatlar Davlat g‘aznasi tomonidan to‘langan.

    Opera uyining dizaynini loyihalashtirish uchun 1956 yilda bo‘lib o‘tgan xalqaro dizaynerlik tanloviga 233 ta dizaynerlik namunalari taqdim etilgan hamda Daniya vakili Yorn Uttson o‘zining dizayni uchun 5000 yevrolik mukofotni qo‘lga kiritgach, uning yaratgan dizayni bugungi kunda SOT ni butun dunyoga mashhur qildi.


    Qurilish to‘rt yil davom etishi kerak bo‘lsada, 14 yilga cho‘zildi. Ish 1959 yilda boshlanib, 10000 ishchilar jamoasi faoliyat ko‘rsatdi. Sidney Opera teatri 2007 yilda YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Taxminan 1,62 gektar maydonni qamrab olgan ushbu majmuaga bir milliondan ortiq tom yopish plitalari ishlatilgan. Sidney Opera teatri qirolicha Yelizaveta II tomonidan 1973 yil 20 oktyabrda ochib berilgan.

    Qirolicha bu yerga jami to‘rt marta tashrif buyurgan bo‘lib, oxirgi tashrifini 2006 yilda amalga oshirgan. Sidney simfonik orkestri Konsert zalida sahnaga chiqqanida, asboblarning ohangdorligi ta’minlanishi uchun harorat 22,5 daraja bo‘lishi kerak. Harorat va namlik musiqa asboblari uchun juda muhim omildir. Har yili Opera teatriga 10,9 milliondan ortiq kishi tashrif buyuradi. Ushbu teatr dunyoning mehmonlar eng ko‘p tashrif buyuruvchi me’moriy obidasiga aylanib ulgurgan.

    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Dunyoga mashhur Sidney Opera teatri haqida nimalarni bilasiz?