Janubiy Koreya sudi Samsung korporatsiyasining haqiqiy rahbari Li Chje Yonga 5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi, deb xabar bermoqda Reuters.
Yonhap agentligining xabar berishicha esa, uni poraxo‘rlik, ko‘p miqdordagi kamomad, kapitalni olib chiqib ketish va yolg‘on guvohlik berishda ayblashgan. Sud qaroriga ko‘ra, Li Chje Yon taxminan 6,38 mln dollarlik pora berish holatiga aloqador. Bu mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xega yaqin shaxslar bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.
Prokuratura Chje Yonni 12 yilga ozodlikdan mahrum qilishni talab qildi. U aybini tan olmadi va hukmni qayta ko‘rib chiqish maqsadida shikoyat arizasini yo‘llash niyatida.
Chje Yon 2017 yilning fevralida hibsga olingandi. Tergovga ko‘ra, Samsung 2015 yilning oktyabri va 2016 yilning yanvarida taxminan 38 mln dollarni prezidentning dugonasi Chxve Sun Silning qizi hisob raqamlariga o‘tkazib bergan.
Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Chje Yondan tashqari Samsung’ni to‘rt nafar sobiq top-menejeri ham aybdor deb topilgan.
Avvalroq Samsung rahbari poraxo‘rlikda aybdor deb topilgani xabar qilingandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...