11:00 / 01.08.2018
5 027

Ekspert mashinalar narxi haqida: «O‘zimiz aybdormiz! Xaridorlar sifatida emas, fuqarolar sifatida»

Эксперт машиналар нархи ҳақида: «Ўзимиз айбдормиз! Харидорлар сифатида эмас, фуқаролар сифатида»
Iqtisodchi va ekspert Yuliy Yusupov Facebook’dagi sahifasida O‘zbekistonda GM Uzbekistan avtomobillarining narxi oshishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Mening fikrimcha, mashinalar narxining oshishi bo‘yicha izoh qoldirgan foydalanuvchilarning ba’zilari noto‘g‘ri yo‘lga qarab ketib qolishdi. Uchta harakat varianti taklif etilmoqda: 1) zavod mahsulotlarini boykot qilish, 2) boshqa zavodni ochish (raqobat bo‘lishi uchun) yoki 3) Asaka zavodini yopish.

Hech kimni yopishning hojati yo‘q, yoki, yana bir zavod ochish shart emas! Zavod mahsulotlarini boykot qilish ham kerakmas. Men o‘zimiz aybdor ekanimiz haqida yozganimda, O‘ZIMIZni ISTE’MOLChI sifatida emas, balki FUQARO sifatida nazarda tutgan edim. Biz mahsulotni boykot qilmasligimiz kerak, hukumatdan iqtisodiyot uchun zararli bo‘lgan bu sun’iy monopoliya buzilishiga erishish darkor. Buning uchun yangi zavodga ehtiyoj yo‘q, shunchaki import qilinadigan mashinalar uchun bojxona to‘lovlarini normal darajaga qadar pasaytirish lozim

Shunda:

- iste’molchilar tanlovga ega bo‘ladi;
- Asaka zavodida - xarajatlarni qisqartirish, sifatni yaxshilash va mahsuloti turlarini takomillashtirishga majbur qiladigan raqobatchilar bo‘ladi (hech narsa va hech kim, raqobatdan tashqari, hatto prezident ham, tijorat tashkilotini raqobatbardosh bo‘lishga majbur qilolmaydi);
- byudjetda esa - qo‘shimcha tushumlar (zavoddan u kam narsa oladi - soliq imtiyozlari, shuning uchun hech bo‘lmaganda bojxona to‘lovlaridan ola boshlaydi).

Bizga: «zavod raqobatga tayyor emas, bojlardan voz kechish natijasida u yopiladi», deyishsa, unda javoban savol beramiz:

- Nima uchun bizning zavod 20 yildan ortiq vaqtida davomida raqobatbardosh bo‘la olmadi? Bizda nima ish haqi Koreya, Turkiya yoki Germaniyadan yuqoriroqmi? Balki elektr energiyasi, binolar, yer ijarasi narxi va hokazolar balanddir? Nima uchun zavod hamon raqobatbardosh emas, nima xalaqit bermoqda?

Agar menejment uchun raqobatning yo‘qligi tufayli rag‘bat yetishmasa, unda bojxona to‘lovlarini kamaytirish orqali bu bilan ta’minlash kerak.

Agar qandaydir asosli sabablar bo‘lsa, unda chegaralarni ochish va kompaniya hamda avtomobil egalarining azob-uqubatlariga yakun yasash lozim.

Lekin, mening fikrimcha, sababi baribir birinchi - raqobatning yo‘qligida. Men rag‘batlar yo‘qligi, menejment samarasizligi va korrupsiyadan boshqa hech qanday omillarni ko‘rmayapman. Ular bizning avtomobil sanoatimizga raqobatbardosh bo‘lish imkonini bermaydi, hech bo‘lmaganda yig‘ish darajasida.

Yo‘qotilgan ish o‘rinlariga kelsak. Bizga bu bir necha o‘n ming ish joyini ta’minlash juda qimmatga tushmoqda. Butunlay siyosiy loyihaga kiritilgan va kiritilishda davom etayotgan pullarga o‘n-yuz barobar ko‘proq ish o‘rni yaratish mumkin edi. Ularni keyin subsidiyalash ehtiyojisiz.

Shuning uchun keling, o‘z soliqlari hisobidan davlat apparati, maktablar, shifoxonalar, pensiyalar to‘lovini ta’minlab turuvchi FUQAROLAR sifatida ish ko‘ramiz. Ular endi «Mahalliy avtosanoatga ura!» muvaffaqiyatsiz siyosiy loyihani moliyalashtirishni istamaydi. Va biz avtomobillar uchun bojxona to‘lovlarini kamaytirishni talab qilamiz.

Loyiha biz o‘z avtomobillarimizni ishlab chiqara olmasligimiz tufayli emas, balki haddan tashqari «mahalliy ishlab chiqaruvchini himoya qilish» istagi sababli muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu himoya qilish shu darajada bo‘ldiki, u rivojlanish uchun qandaydir rag‘batlardan butunlay mahrum etildi.

Xulosa o‘rnida avvalgi postlarimdan bir parcha keltiraman. U avtomobil sanoatiga bag‘ishlangan: «Deydilarki, aqlli o‘z xatolaridan xulosa chiqaradi, dono - boshqalarning. Biz dono va hatto aqlli emasligimiz tushunarli. Begonalarning ham, o‘zimizning ham xatolarni tan olmaymiz. Bitta ko‘chaga juda ko‘p marotaba kirib chiqamiz. Biroq, bizning ko‘z o‘ngimizda 20 yildan ortiq vaqt davomidagi ajoyib o‘z tajribamiz bor, undan hattoki ahmoqlar ham o‘rganishi mumkin. Bizga «proteksionizmning afzalliklari» haqida eskirgan gapni yana bir marta qaytarmaslik uchun bu tajriba ham yetarli emasmi?» - deb yozadi ekspert.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ekspert mashinalar narxi haqida: «O‘zimiz aybdormiz! Xaridorlar sifatida emas, fuqarolar sifatida»