date

Liverpul – Aston Villa: EPL uchun tarkiblar


Angliya Premer-ligasining 10-turida "Liverpul" va "Aston Villa" jamoalari oʻzaro toʻqnash keladi. Quyida ehtimoliy boshlangʻich tarkiblar bilan tanishing.

"Liverpul": Mamardashvili (darvozabon), Robertson, van Deyk, Konate, Bredli, Mak Allister, Soboslai, Gakpo, Virts, Saloh, Ekiteke. "Aston Villa": Martines (darvozabon), Din, Torres, Konsa, Kesh, Onana, Kamara, Manging, Rodjers, Gessan, Uotkins.

"Liverpul" jamoasida bir qator jarohatlangan futbolchilar mavjud: Alisson Beker (darvozabon), Kertis Jons, Jeremi Frimpong, Jovanni Leoni, Aleksandr Isak. Shuningdek, Rayan Gravenberx oʻyinda ishtirok etishi shubhali.

"Aston Villa" safida esa Andres Garsia, Emiliano Buendia va Yuri Tilemans jarohat sabab oʻz jamoalariga yordam bera olmaydi. "Liverpul"dan ijaraga olingan Harvi Elliot esa ushbu oʻyinda qatnasha olmaydi.

EPLda "Liverpul" ketma-ket toʻrtta magʻlubiyatga uchragan boʻlsa, "Aston Villa" ketma-ket toʻrtta gʻalaba qozongan. 9-turda "Liverpul" "Brentford"ga 2:3 hisobida yutqazgan boʻlsa, "Aston Villa" "Manchester Siti"ni 1:0 hisobida magʻlub etdi.

Bugun, 1-noyabr, Toshkent vaqti bilan soat 01:00da "Enfild" stadionida oʻyin boshlanadi. "Liverpul" va "Aston Villa" oʻrtasidagi uchrashuvni jonli matnli translyatsiyada kuzatib boring.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Liverpul – Aston Villa: EPL uchun tarkiblar