Toshkentda rostdan ham isitish tizimi 3-noyabrdan yoqiladimi?

Toshkent shahar hokimligi qaroriga ko‘ra, poytaxtda markazlashgan issiqlik ta’minoti bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
3-noyabrdan boshlab ijtimoiy muassasalarda — maktablar, bolalar bog‘chalari, shifoxonalar va boshqa ijtimoiy ob’yektlarda isitish tizimi ishga tushadi.
Shundan ikki kun o‘tib, 5-noyabrdan turar joy binolariga ham issiqlik berish rejalashtirilgan. Mutasaddilar so‘zlariga ko‘ra, harorat barqaror past darajada saqlanib turganidan keyin, tizim bosqichma-bosqich to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi.
Mazkur chora fuqarolarga qulay yashash sharoitlarini ta’minlash va sovuq mavsumda ijtimoiy ob’yektlar faoliyatini uzluksiz davom ettirish maqsadida amalga oshirilmoqda.































Izohlar 0
…