
3-noyabr kuni Cobalt avtomobilining barcha modellari uchun shartnomalar faqat onlayn tarzda ochiladi, deb UZ24.uz xabar berdi. UzAuto Motors bu qarorni talab yuqoriligi va navbatlarning oldini olish maqsadida qabul qilgan.
Sotuv soat 10:00 da boshlanadi va uzavtosavdo.uz sayti hamda mobil ilova orqali amalga oshiriladi. Shu kuni barcha Chevrolet dilerlik markazlari yopiladi va vaqtincha savdodan uziladi.
Yangi Style MCM va Midnight MCM versiyalari namunalari dilerlik markazlariga yetkazilgan. Xaridorlar ular bilan oldindan tanishishlari mumkin.
Onlayn shartnomalarda QR-kod bo‘ladi. Shu orqali hujjatning haqiqiyligini tekshirish mumkin. QR-kodsiz shartnomalar rasmiy hisoblanmaydi. Kompaniya xaridorlardan ehtiyotkor bo‘lishni so‘ragan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar