date

Avtomobilni boshqa kishi haydasa, jarima kimga yoziladi?

Avtomobilni boshqa kishi haydasa, jarima kimga yoziladi?
Avtomobil egasidan boshqa shaxs boshqarganida, yo‘l harakati qoidalarini buzish holatlarida jarima ballari kimga yozilishi haqida tartib belgilandi.

1 aprel kunidan boshlab radarlar ham jarima ballarini qayd eta boshlaydi. Shu bois avtomobilini boshqa shaxs boshqarishiga ruxsat bergan egalar shaxsiy elektron kabinet orqali mashinani kimga topshirganini ko‘rsatishi kerak. Mashinani qabul qilib olgan haydovchi esa bu ma’lumotni tizimda tasdiqlashi lozim.

Agar mashinani qabul qiluvchi bu jarayonni elektron tarzda tasdiqlamasa, radarlar aniqlagan jarima ballari avtomobil egasining hisobiga yoziladi. Bunda avtomobil egasida haydovchilik guvohnomasi mavjud bo‘lishi talab etiladi.

Mazkur tartib yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda javobgarlikni aniq belgilash maqsadida joriy etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobilni boshqa kishi haydasa, jarima kimga yoziladi?