
Adliya organlari tekshiruvi natijasida «P.B.» MCHJ tomonidan Germaniyaga tegishli “PUMA” tovar belgisi huquqlari buzilgani ma’lum bo‘ldi.
Tekshiruv jarayonida tadbirkorlik subyekti kontrafakt mahsulotlarni “PUMA” brendi ostida sotuvga qo‘ygani aniqlandi. Bu holat tovar belgisi egasi bo‘lgan kompaniya huquqlariga jiddiy tajovuz sifatida baholandi.
Natijada korxonaga 40 million so‘mlik ma’muriy jarima qo‘llandi. Shu bilan birga, “PUMA” tovar belgisi bilan bog‘liq barcha noqonuniy faoliyatni darhol to‘xtatish talabi ham qo‘yildi.
Adliya vazirligi ma’lumotida ta’kidlanishicha, intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha tekshiruvlar davom etmoqda. Maqsad — mamlakatda brending madaniyatini rivojlantirish va haqiqiy intellektual mulk egalari manfaatlarini himoya qilish.
PUMA brendini “o‘g‘rilagan” tadbirkor 40 mln so‘m jarimaga tortildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar