
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda 664,6 mingta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan. Shundan 343,6 ming nafari o‘g‘il bola (51,7 foiz), 321 ming nafari esa qiz bola (48,3 foiz) bo‘lgan.
Tug‘ilishlarning 319,3 mingtasi shahar joylarda (48 foiz), 345,3 mingtasi esa qishloqlarda (52 foiz) qayd etilgan. Demak, mamlakatda har mingta aholiga o‘rtacha 23,5 ta tug‘ilish to‘g‘ri kelmoqda.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2025-yilda tug‘ilishlar soni o‘tgan yilga nisbatan bir oz kamaygan. Xususan, 2024-yilning shu davriga qaraganda 29,3 ming nafarga kam bola dunyoga kelgan. 2023-yilga nisbatan esa bu farq 52,3 mingni tashkil etmoqda.
Aholi soni esa 2025-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra 38 million 69 ming nafardan oshgan. Mutaxassislar tug‘ilishlar sonining tabiiy o‘zgarishi mamlakatda urbanizatsiya jarayonlari, oilaviy rejalashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bog‘liqligini qayd etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!