date

Avstraliyada Tesla’ga meteorit tushdi — haydovchi mo‘jizaviy tarzda omon qoldi

Avstraliyada Tesla’ga meteorit tushdi — haydovchi mo‘jizaviy tarzda omon qoldi

Avstraliyada Tesla Model Y avtomobilining old oynasiga meteorit tushgani haqida xabar berildi.

19-oktyabr kuni doktor Endryu Melvill-Smit va uning rafiqasi yangi xarid qilgan Tesla Model Y mashinasida Augusta shossesi bo‘ylab soatiga 110 km tezlikda harakatlanayotgan edi. To‘satdan mashinaning old oynasiga kuchli zarba tegdi — ichkaridagi barcha oynalar sochildi.

“Avvaliga kuchli portlash eshitildi. Mashina ichini shisha parchalari qoplab ketdi, tutun chiqdi, hattoki yonayotgandek hid keldi,” — dedi Melvill-Smit.

Zarba paytida haydovchi va uning rafiqasi 10 soniyaga kar bo‘lib qolgan, biroq avtomobilning avtopilot tizimi ishga tushib, hech qanday inson aralashuvisiz harakatni davom ettirgan.

“Men shokka tushdim. Ekranga qarasam, mashina hali ham yurardi. Port Augusta tomon o‘z yo‘lida davom etayotgan edi. To‘xtaganimizda esa oynada katta krater paydo bo‘lganini ko‘rdik,” — dedi haydovchi.

Janubiy Avstraliya muzeyi hodisani o‘rganishni boshladi. Geolog Kiran Meani zarba natijasida oynaning kuygan izlari va mashinaning shikastlanish darajasi meteorit zarbasidan dalolat berishi mumkinligini bildirdi.

“Eng e’tiborli narsa — old oynaga urilgan narsa juda issiq bo‘lgan,” — dedi u.

Hozircha ob’ektning o‘zi topilmagan. Mutaxassislar uni temir yoki tosh tarkibli kichik kosmik parcha bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil avgust oyida AQShning Jorjiya shtatida ham meteorit turar joy binosining tomiga qulagan edi. Shunga o‘xshash holatlar kam uchrasa-da, so‘nggi yillarda kichik meteorit to‘qnashuvlari soni ortib borayotgani qayd etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avstraliyada Tesla’ga meteorit tushdi — haydovchi mo‘jizaviy tarzda omon qoldi