1 594
Google vakili BMT Xavfsizlik kengashiga Rossiya Ukrainaga qarshi olib borayotgan raqamli urush haqida gapirib berdi
Foto: AP Photo
Google tarkibiga kiruvchi Jigsaw kompaniyasi rahbari Jared Koen BMT Xavfsizlik kengashining 21 iyun kungi yig‘ilishida Rossiya raqamli sohada, kompaniya fikricha, Ukrainaga qarshi qanday urush olib borayotgani haqida gapirib berdi, deb yozadi Meduza.
Koen hujumlarning beshta yo‘nalishini ajratib ko‘rsatdi, bular:
1. Jiddiy infratuzilmaga kiberhujumlar, shu jumladan, «nol kuni» (ya’ni avval ma’lum bo‘lmagan) zaifligidan foydalanilgan holda operatsiyalar va DDoS-hujumlar. Koenning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujumlar davom etmoqda va ukrainaliklarning eng muhim manbalar — davlat organlari saytlari, notijorat tashkilotlar, banklar va boshqalardan foydalanishini qiyinlashtirmoqda.
2. Yolg‘on yordamida ukrainaliklarni badnom qilishga urinishlar. Gap Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan narkotiklar qabul qilinishi haqida dipfeyklar tarqatilishi yoki ukrainalik qochqinlarga nisbatan munosabatni yomonlashtirish maqsadida go‘yoki ular tomonidan amalga oshirilayotgan jinoyatlar haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatishga urinishlar haqida bormoqda.
3. Urush haqidagi narrativni nazorat qilishga urinish — shu jumladan, go‘yoki, ukrainlar tomonidan aytilgan da’volarni «fosh qiluvchi» soxta «faktchekerlar» yordamida. Gap, xususan, rossiyaparast matbuotlar tomonidan Buchadagi qotilliklar yoki Mariupoldagi bolalar kasalxonasining bombardimon qilinishi bo‘yicha guvohliklarni «fosh etish»ga urinishlar haqida borishi mumkin. Bu, xususan, ukrainaliklarni yolg‘onchi qilib ko‘rsatish va jamoatchilik fikrini Rossiya tomoniga og‘dirish uchun qilinadi, dedi Koen.
4. Zo‘ravonlikni provokatsiya qilish va uni oqlash uchun yolg‘on ma’lumotlardan foydalanish. Misol sifatida Koen Rossiya propagandasi tomonidan ukrainlarga nisbatan «natsistlar» atamasidan foydalanilishini keltirib o‘tdi, bu, ehtimol, rossiyalik askarlar ko‘z o‘ngida Ukraina aholisining insoniylikdan chiqishiga va ular tomonidan harbiy jinoyatlar amalga oshirilishiga olib kelgan.
5. Bosib olingan hududlarni Ukraina internetidan uzib, Rossiya internetiga ulash. «Chegaralar bahslar mavzusi bo‘lib qolmoqda, biroq raqamli chegaralar allaqachon muzlatilgan», — deb xulosa qildi Jigsaw rahbari.
Koen ta’kidlashicha, Ukraina 2014 yildan buyon murakkab kiberhujumlarga boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘proq duch kelgan. U mamlakatda yuz berayotgan hodisalarni raqamli makonda nizolar olib borish nuqtai nazaridan insoniyatni nimalar kutayotganini ko‘rish imkonini beruvchi billur sharga qiyosladi.
Ma’lumot uchun, Jigsaw kompaniyasi ekstremizm, onlayn-senzura va kiberhujumlarga qarshi kurashish uchun texnologik yechimlar qidirish bilan shug‘ullanadi.
Dipfeyk — foto, audio va videomateriallarni neyrotarmoqlar yordamida aslidagidek qilib o‘zgartirish. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi