23:43 / 08.07.2022
2 003

«Urush tufayli oziq-ovqat narxlari bunchalik ko‘tarilishini kutmagan edik» — Butun dunyoda ochlik xavfi yuzaga kelmoqda

«Urush tufayli oziq-ovqat narxlari bunchalik ko‘tarilishini kutmagan edik» — Butun dunyoda ochlik xavfi yuzaga kelmoqda
Foto: WSJ
Kuchli oziq-ovqat inflyatsiyasi rivojlanmagan davlatlarni qiyin vaziyatga solmoqda. Bu boy mamlakatlardagi kambag‘al aholiga yanada kuchli ta’sir qiladi. Bu haqda Wall Street Journal xabar berdi.

Neftga boy Norvegiyadagi oziq-ovqat banki operatori Matsentralen Norgega ko‘ra, u aholiga 2021 yilning shu davriga nisbatan 30 foizga ko‘proq oziq-ovqat tarqatmoqda.

AQSHda ham oziq-ovqat banklaridan foydalanish o‘sib bormoqda, do‘konlar esa xaridorlarning savdo-sotiqni kamaytirgani haqida xabar beradi.

Britaniyada vaziyat og‘ir. Mamlakatning umumiy inflyatsiya darajasi may oyida o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 9,1 foizni tashkil etdi, oziq-ovqat narxlari esa may oyining o‘zida 8,5 foizga oshdi.

Qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirish kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan oy Buyuk Britaniyaning asosiy mahsuloti bo‘lgan cheddar pishlog‘ining o‘rtacha narxi 59 foizga oshgan.

May oyida Buyuk Britaniyaning Milliy statistika boshqarmasi o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aholining 44 foizi yuqori narxlar tufayli kamroq oziq-ovqat sotib olishni boshlagan.

Ma’lumotlarga qaraganda, aprel oyida 7,3 million yoshi katta aholi oziq-ovqatsiz qolgan.

Aholi narxlarning ko‘tarilishini ilk bor fevral oyi oxirida, dunyodagi eng yirik don eksportchilaridan biri bo‘lgan Ukrainada urush boshlanganidan keyin payqadi.

- Biz hammamiz urush haqida eshitganmiz, lekin u tufayli oziq-ovqat narxlari bu qadar ko‘tarilishini kutmagan edik. Bu ko‘p narsani o‘zgartirdi, — deydi ishsiz, yolg‘iz ona Deshia Shkalla.

Donning narxi urushdan keyin ko‘tarildi. Ukraina o‘z hosilini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport qila olmasligi tufayli uning narxi hali ham oshib bormoqda.

Bundan tashqari, Ukraina dunyodagi kungaboqar yog‘ining yarmidan ko‘prog‘ini ishlab chiqaradi.

Urush tufayli kuchaygan yuqori energiya narxlari oziq-ovqat mahsulotlarini tashish va ishlab chiqarish xarajatlarini oshirdi. Shu bilan birga, pandemiya sanoatning ta’minot zanjirlarini buzdi.

Narxlarning ko‘tarilishi qashshoq mamlakatlarni qiyin vaziyatga solib, Shri-Lanka bosh vazirini ag‘dargan tartibsizliklar va Yaqin Sharqda noroziliklar yuz berishiga sabab bo‘ldi.

BMT’ning Jahon oziq-ovqat dasturi 2,46 milliardga yaqin odam yoki dunyoning taxminan 30 foizi o‘rtacha yoki og‘ir oziq-ovqat yetishmovchiligi tufayli aziyat chekishidan ogohlantirdi.

Qashshoqroq mamlakatlarda oziq-ovqat uy xo‘jaliklari xarajatlarining katta qismini tashkil qiladi.

Trading Economics ma’lumotlariga ko‘ra, bu Nigeriyada 59 foiz va Meksikada 28 foizni tashkil qiladi. Buyuk Britaniyada esa u 9,4 foiz.

Ammo boy mamlakatlarda odamning daromadi qancha kam bo‘lsa, oziq-ovqatga shuncha ko‘p pul sarflaydi.

AQSH Qishloq xo‘jaligi departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda eng kam daromadli oilalar o‘z daromadining 27 foizini oziq-ovqatga sarflagan. Eng yuqori daromad egalari esa 7 foiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Urush tufayli oziq-ovqat narxlari bunchalik ko‘tarilishini kutmagan edik» — Butun dunyoda ochlik xavfi yuzaga kelmoqda