13:35 / 14.08.2022
1 996

Olimlar o‘lik hujayralarni jonlantirish yo‘lini topdi

Olimlar o‘lik hujayralarni jonlantirish yo‘lini topdi
AQSHning Yel universiteti tadqiqotchilari hujayralarni qayta tiriltirish texnologiyasini yaratdi. Dastlabki tajriba-sinov ishlari jonivorlarda muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Tadqiqot davomida kislorod va hayot uchun muhim boshqa komponentlarni yetkazib beruvchi maxsus apparat hamda sintetik suyuqlik yordamida yurak faoliyati to‘xtagan jonivorlarning tana a’zolarini qisman jonlantirishga erishildi.

Tajriba shuni ko‘rsatdiki, hujayralarni jonivor o‘limidan bir soat o‘tib, yana “hayotga qaytarish” mumkin. Bu — birinchi bosqich.

Ikkinchi bosqichda, ya’ni eksperimentdan olti soat o‘tgach, olimlar yurak, jigar, buyrak va boshqa organlarning ba’zi asosiy hujayra funksiyalarini tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Tadqiqotchi Nenad Sestanning ta’kidlashicha, yurak urishdan to‘xtagan chog‘da tana a’zolari shishishi kuzatiladi. Bu jarayonda tomirlar bekilib, qon oqimi bloklanadi.

Tajriba davomida qo‘llanilgan “OrganEx” nomli innovatsion texnologiya to‘qimalar yaxlitligini saqlab qolish, hujayralar o‘limini kamaytirish hamda ko‘plab hayotiy organlarda molekular jarayonlarni tiklash imkonini berdi.

Olimlar fikricha, ushbu kashfiyot insonlarda ham muvaffaqiyatli sinovdan o‘tsa, kelgusida transplantatsiya sohasida olamshumul natijalarga erishish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar o‘lik hujayralarni jonlantirish yo‘lini topdi