08:55 / 03.12.2022
5 152

Kiyev eng oxirgi chorani qo‘llashga qaror qilmoqda

Kiyev eng oxirgi chorani qo‘llashga qaror qilmoqda
Oliy rada Ukraina pravoslav cherkovini taqiqlash qonunini ko‘rib chiqishga tayyorlanmoqda. Kanonik Ukraina pravoslav cherkoviga bosim - hatto hibsga olishgacha yetib bordi. Bu nimaga olib keladi?

Hukumat zarbasi
Ukraina milliy xavfsizligining Moskva patriarxatiga qarashli Ukraina pravoslav cherkovi (UPTS) monastirlaridagi tintuv ishlari ikkinchi haftadan buyon davom etmoqda. U yerlardan “Ukrainaga qarshi adabiyot” va “Rus olamining propagandasi”ni qidirishmoqda. “Hamkorlar” sifatida hibsga olingan ruhoniylarni Rossiya bilan harbiy asirlarga almashishga tayyor.

Yigirma uchinchi noyabr kuni Oliy radaga Rus pravoslav cherkovini taqiqlash to‘g‘risida qonun loyihasi kiritildi. Bu sobiq prezident Pyotr Poroshenkoning “Yevropa birdamligi” partiyasi tashabbusi.

Maqsad- Ukraina milliy xavfsizligiga tahdidlarning oldini olish va tartibni ta’minlash. Axir uzoq paytlardan RPCH oshkora tarzda Ukrainaga qarshi va diversion faoliyat olib borgan”, - deydi partiya hamraisi Irina Gerashenko.

Qonun kanonik, tashkiliy va boshqa masalalarda RPCH tarkibiga kiruvchi yoki har qanday shaklda bo‘ysunishini tan olgan diniy tashkilotlar va muassasalarga to‘liq taqiq qo‘yishni nazarda tutadi.

Har qanday diniy tashkilot Ukrainadan tashqarida yetakchi markazga ega bo‘lishi, shuningdek, mamlakatda faoliyati taqiqlangan xorijiy tuzilmaning bir qismi bo‘lishi mumkin emas. Bunday aloqalarga faqat “markaziy ijro hokimiyatining roziligi” bilan erishish mumkin bo‘ladi.

Bunday tashkilot tomonidan foydalaniladigan davlat mulki bilan bog‘liq barcha kelishuvlar muddatidan avval tugatiladi.

Mutlaq huquq
Ekspertlar yana bir muhim omilga e’tibor qaratishmoqda: diniy tashkilotlar nomlarini yangicha tartibga solish taklif qilinyapti.

Avvalombor, yagona qonuniy cherkov 2018 yil oxirida o‘sha paytdagi davlat rahbari Pyotr Poroshenko va Konstantinopol Patriarxi Vartolomey tomonidan kanonik UPTSga qarshi tuzilgan (o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan) Ukraina cherkovi - PTSU bo‘ladi.

Boshqa barcha jamiyatlar “pravoslav” so‘zidan faqatgina Ukraina pravoslav cherkoviga bo‘ysungandagina foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Natijada, UPTS hukuqiy maqomidan ayriladi, chunki rasman u Moskva patriarxati yurisdiksiyasi tarkibida turadi, uning asosiy monastiri- Kiyev-Pecher lavrasi esa davlatga tegishli.

Bundan tashqari, ehtimol Poroshenkoning uzoq niyat qilgan orzusi amalga oshishi mumkin: UPTS PTSU tomonidan berilgan tomosni tan oladi va “yangi cherkov”ning bir bo‘lagiga ayanadi.

“Yevropa birdamligi” tashabbusini katta ehtimol bilan ko‘llab-quvvatlanadi. 25 noyabr kuni prezident saytida e’lon qilingan petitsiya allaqachon 25 mingdan ortiq imzo to‘pladi. Bu Zelenskiy uni ko‘rib chiqishi uchun yetarli.
Ukraina g‘arbida UPTSni taqiqlashmoqda- bunga jumladan Lvov viloyati va Chernigov shaha kengashi chaqirishmoqda.

Qamalga olingan qal’a
Bu mustaqil cherkov imtiyozi. Ammo arxiyereylar: “Tarixdan dunyoni tayyorlash (“mirovareniye” marosimi) XV asr o‘rtasidan Kiyev metropoliyasida boshlangan. Keyinchalik muqaddas yog‘ Kiyev-Pecher lavrasida tayyorlangan”, deya aniqlik kiritishdi. 1917 yildan so‘ng buni to‘xtatishgan, uni Moskvadan olib kelishgan.

Savol tug‘iladi: UPTS rahbariyati to‘liq mustaqilikni yaratmayaptimi? De-fakto endi bunday emas. “Mirovareniye” masalasini avval ham - may oyida mahalliy soborda muhokama qilishgan edi.

Ajralib chiqish haqida gapirishga hali erta. Hali Moskva patriarxiga UPTS tomonidan avtokefaliyani (alohida bo‘lishni) taqdim etish haqida so‘rov kelmagan. Nazarimda, hozir ham, bahorda ham kanonik cherkov u yerga keluvchi odamlarni xavfsizligini o‘ylashgan”, - deydi cherkov tarixi doktori, Pravoslav Muqaddas-Tixanovskiy gumanitar universiteti professori Vladislav Petrushko.

U mayda mahalliy sobor UPTS ning Moskva patriarxatidan ozod deb e’lon qilinganini eslatib o‘tdi. Ammo aslida ruhoniylar va dindorlar faqat 1990 yilda berilgan cherkov maqomlarini tasdiqlashdi.

”Mirovareniye”- avtokefaliyaning aniq belgisi sifatida UPTS ehtiyotkorlik bilan tarixiy an’analarga sodiq qoldi”, - deya qo‘shimcha qiladi professor.

Poroshenko va uning ittifoqdoshlarining rejalari haqida gapiradigan bo‘lsak, ikkita cherkovning birlashishida UPTS bo‘ysunmas. PTSU bilan muloqot faqat “diniy ajralishdan tavba qilishdan so‘ng” mumkin bo‘ladi

“Qonun tashqarisida qoladi”
Eskpertlar ikkita ssenariyni taxmin qilishmoqda. Ulardan biri amalga oshirilyapti.
UPTS millatchi kuchlarning katta bosimi ostida qolgan. Va shunga qaramay, ular imkoni boricha kanonlar doirasida faoliyat yuritishga harakat qilishyapti”, - deydi Rossiya Fanlar Akademiyasi Yevropa instituti direktori o‘rinbosari, siyosiy fanlar doktori Roman Lunkin.

“Qoidalar bo‘yicha ishlash” yanada qiyinlashmoqda. Hukumat bosimni kuchaytirmoqda. Bunga Kiyev-Pecher va boshqa ibodatxonalardagi tintuvlar dalil bo‘lishi mumkin.

Rohiblarda Patriarx Kirillning tabriklari yozilgan qog‘ozlarini yoki boshqa o‘quv adabiyotlarini topib, ular shunchaki rus tilida bo‘lgani uchun jinoiy ishlar qo‘zg‘atishayotganini ham ko‘ryapmiz”, - deydi Lunkin.

Agar Oliy rada UPTSni taqiqlash to‘g‘risida qonunni ma’qullasa bu siyosatchilarning ikkinchi ssenariyga o‘tishlarining alomati bo‘ladi.Natijada yirik, asosiysi Ukrainadagi yagona kanonik pravoslav cherkov qonundan tashqarida qoladi. Ommaviy qatag‘onlar boshlanadi. Keyin esa - PTSU bilan birlashish.

Nikita Bizin

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kiyev eng oxirgi chorani qo‘llashga qaror qilmoqda